"Liverpul" Germaniya terma jamoasi o'yinchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
12 fev 2020 15:37
Yangiliklar


"Liverpul" Germaniya terma jamoasi o'yinchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"RB Leypcig" hujumchisi Timo Verner "Liverpul"ga o'tishi mumkin.
23 yoshli nemis futbolchisining transferiga shaxsan mersisaydliklar murabbiyi Yurgen Klopp qiziqish bildirmoqda.
Xabar berilishicha, tomonlar hali kelishuvga erishishmadi. Vernerning tovon puli yozda 60 million evroni tashkil etadi.
Forvard joriy mavsum Bundesligada 21ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 6ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar