"Liverpul" futbolchisi boshqa bir APL klubiga o'tadimi?
17 mar 2020 14:20
Yangiliklar
"Liverpul" futbolchisi boshqa bir APL klubiga o'tadimi?
"Liverpul" himoyachisi Deyan Lovren ikki ingliz klubi qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.
30 yoshli xorvatiyalik futbolchining xizmatlariga Londonning "Arsenal" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirmoqda.
Lovren ayni damda mersisaydliklar tarkibidagi o'rnini yo'qotib qo'ygan. London klublari ushbu vaziyatdan foydalangan holda, uni o'z tarkiblariga jalb qilishmoqchi.
Deyanning "Liverpul" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, shu sababdan uning sotuvi yozda amalga oshirilishi haqiqatga yaqin.
Fikrlar