"Liverpul" egasi: "Biz klubni sotyapmizmi? Yo'q"
21 fev 2023 14:04
Yangiliklar
"Liverpul" egasi: "Biz klubni sotyapmizmi? Yo'q"
"Liverpul" xo'jayini Jon Genri klubni sotish niyatida emasligini aytdi.
Fenway Sports Group (FSG) 2010 yilda "Liverpul"ni 300 million funt sterlingga (358 million dollar) sotib olgan edi. Uch oy oldin kompaniya, agar bu klubga foyda keltirsa, investorlarni jalb qilish imkoniyatlarini o'rganishga shayligini aytdi.
"Liverpul" haqida juda ko'p gap va xabarlar bo'lganini bilaman, lekin men faktlarga sodiq qolaman: biz hozirgi jarayonni rasmiylashtirdik.
Biz Angliyada abadiy qolamizmi? Yo'q. Biz "Liverpul"ni sotamizmi? Yo'q. Biz investorlar bilan gaplashamizmi? Ha.
Bu erda biror narsa bo'ladimi? SHunga umid qilaman, lekin gap sotish haqida bormayapti. Oxirgi 20 yil ichida biror narsa sotdikmi?", – dedi Genri "Boston Sports Journal"ga.
SHuningdek, FSG "Boston Red Soks" beysbol jamoasiga ham egalik qiladi.
Fikrlar