

Ushbu haftada Yurgen Klopp Usman Dembele bilan telefon orqali qo'ng'iroqlashgan. Futbolchi hozircha kelajagi borasida aniq bir to'xtamga kelmaganini aytgan. Dembele uchun "Renn" klubi 28 million evro so'ramoqda. Hujumchiga asosiy da'vogar sifatida Dortmundning "Borussiya" jamoasi qaralmoqda.
Dembele "Lester"ga o'tishni istamay, Ranerining taklifiga rad javobni bergan.
Shuningdek, Dembelega "Barselona", "Manchester Yunayted" ham "Bavariya" jamoalari ham befarq emaslar.



