So’nggi yangiliklar

23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  4 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  11 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9

"Liverpul" chuqurroq cho'kmoqda: "Arsenal"ga yutqazdi va o'zi 9:0 hisobida tor-mor etgan "Bornmut"dan ham pastda Yangiliklar

"Liverpul" chuqurroq cho'kmoqda: "Arsenal"ga yutqazdi va o'zi 9:0 hisobida tor-mor etgan "Bornmut"dan ham pastda

"Arsenal" esa ajoyib!

"Arsenal" va "Liverpul" bir necha yillardan beri ilk bor qarama-qarshi statusda uchrashishdi: londonliklar APL etakchisi sifatida, mersisaydliklar esa mavsum boshini muvaffaqiyatsiz o'tkazishdi va jadval o'rtasida yurishibdi.


• "Arsenal" ilk daqiqadayoq gol urdi – Edegor Sakadan kelgan to'pni Martinelliga yo'naltirdi va u to'pni darvoza to'riga kiritdi. "Kanonirlar" oldinga o'tgan holda, birinchi taymga qo'shib berilgan beshinchi daqiqada (olti daqiqadan) yana gol urishdi, shunday ekan ular o'yinning birinchi qismini gollar bilan yopishdi.



• Ularning orasida Darvin Nunes to'p kiritdi. Urugvaylik mavsum boshida eng yaxshi to'purarlik uchun Erling Xoland bilan kurashishi taxmin qilingandi, ammo u avgustdan beri gol urmadi va qaysidir payt umuman zaxira o'yinchisiga aylanib qoldi.


• "Arsenal" ikkinchi taymda ham o'tkirroq edi – xavfliroq hujumlar qildi, ha, zarbalar statistikasi ham bundan dalolat beradi: "Arsenal"ning 11ta urinishidan 10tasi jarima maydonchasidan bo'ldi, ularning deyarli barchasi aniq zarbalar. "Liverpul"ning zarbalari esa ikki karra kam, aniqlari esa atigi ikkita.


• Bukayo Saka dubl qayd etdi – yosh o'yinchi Premer-ligada 20ta gol urdi. Bunga qadar bu muvaffaqiyatga undan tezroq "Arsenal" tarkibida faqatgina Nikolya Anelka (20 yosh va 41 kun, Saka – 21 yosh va 34 kun) qilgan.



• "Liverpul" – "Arsenal" uchun juda noqulay raqib. Londonliklar bunga qadar "Liverpul"ni asosiy vaqtda 8ta o'yinda yuta olishmagan (penaltilar orqali ikkita g'alaba bo'lgan). Asosiy vaqtdagi so'nggi g'alaba 2020 yilning iyulida (2:1) sodir bo'lgan edi.

 

• "Arsenal" "Man Siti"dan jadvalda oldinda bormoqda va hozircha etakchilik qilmoqda – Arteta yigitlari to'qqizta o'yinda 24 ochko jamg'arishdi, Pep Gvardiola jamoasida esa bitta ochko kam. Londonliklar chempionatdagi dastlabki to'qqizta o'yindan sakkiztasini to'rtinchi bor yutishdi (2007/08, 2004/05 va 1947/48). "Arsenal" 9+ o'tkazilgan o'yinlardan so'ng 2016 yilning 10 dekabridan beri ilk bor jadvalda etakchilik qilmoqda (o'shanda 15-tur edi).


• "Liverpul"da esa barchasi yomon. sakkizta o'yinda 10 ochko. Bu APLda so'nggi 10 yilda ushbu bosqichdagi eng yomon natija – "Liverpul" o'shanda sakkizta o'yinda 9 ochko olgan va yakunda ettinchi bo'lgandi.



Mersisaydliklar sakkizta o'yinda atigi ikki bor yutishdi, so'nggi uchta o'yin g'alabasiz. "Liverpul"dan hatto yaqinda Klopp jamoasidan 0:9ni qabul qilib olgan "Bornmut" (+2 ochko) ham yuqorida.


Bu klubning barcha muammolari emas: jarohat olgan o'yinchilarning uzun ro'yxatini Luis Dias va Trent Aleksander-Arnold to'ldirishdi. Kolumbiyalik 42-daqiqada maydonni tark etdi, angliyalik esa tanaffusdan so'ng qaytmadi. Klopp o'yindan so'ng Diasda "tizzasi bilan nimadir yaxshi emas"ligini, Trentda esa to'piq jarohati ekanligini aytdi.


"Liverpul"ni oldinda "Enfild"da "Man Siti" bilan kutib turibdi. Klopp uchun bundan ham noqulayroq vaziyatni o'ylash qiyinroqdek.


VIDEO  APL. "Arsenal" - "Liverpul" 3:2


"Arsenal" – "Liverpul" 3:2 (2:1, 1:1)

Gollar: 1:0 – 1 Martinelli, 1:1 – 34 Nunes, 2:1 – 45 Saka, 2:2 – 53 Firmino, 3:2 – 76, penalti Saka.

"Arsenal": Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Saliba, Tomiyasu, Djaka, Parti, Edegor (Tirni, 82), Saka (Fabiu Vieyra, 90), Gabriel Jezus (Nketia, 90), Martinelli.

"Liverpul": Alisson, Aleksander-Arnold (Gomes, 46), Matip (Konate, 69), van Deyk, Cimikas, Xenderson, Tiago Alkantara, Salax (Fabino, 69), Diogu Jota (Elliott, 81), Dias (Firmino, 42), Nunes.

Ogohlantirishlar: Dias (6), Edegor (45), Gomes (71).

Arsenal

Gabriel Martinelli - 1', Bukayo Saka - 45', Bukayo Saka - 76'

Premier League . 10-tur

09/10/2022, 21:30

2
:
3
Tugadi

Liverpool

Darwin Nunez - 34', Roberto Firmino - 53'

Stadion: Emirates Stadium, 60059 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
1'  Gabriel Martinelli
1'  Martin Oedegaard
45'  Martin Oedegaard
45'  Bukayo Saka
45'  Gabriel Martinelli
76'  Bukayo Saka
82'  Martin Oedegaard (Kieran Tierney)
90'  Gabriel Jesus (Edward Nketiah)
90'  Bukayo Saka (Fabio Vieira)
6'  Luis Diaz
34'  Darwin Nunez
34'  Luis Diaz
42'  Luis Diaz (Roberto Firmino)
46'  Trent Alexander-Arnold (Joseph Gomez)
53'  Roberto Firmino
53'  Diogo Jota
69'  Joel Matip (Ibrahima Konate)
69'  Mohamed Salah (Fabinho)
71'  Joseph Gomez
81'  Diogo Jota (Harvey Elliott)




Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика