So’nggi yangiliklar

08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  2 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  3 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  5 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  6 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  10 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  6 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  74 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  2 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  12

"Liverpul" - "CHelsi". Kloppdan navbatdagi g'alabami yoki Lemparddan sensaciya? Yangiliklar

"Liverpul" - "CHelsi". Kloppdan navbatdagi g'alabami yoki Lemparddan sensaciya?

Teglar :  Liverpul CHelsi
Bugun, 14 avgust kuni CHempionlar ligasi g'olibi "Liverpul" hamda Evropa ligasining amaldagi chempioni "CHelsi" o'rtasida UEFA Evropa ligasi Superkubogi uchun bahs bo'lib o'tadi.

"Liverpul" mavsumni Angliya Superkubogidagi o'yin bilan boshladi va penaltilar seriyasida "Manchester Siti"ga mag'lub bo'ldi. "Qizillar" APLning birinchi turida "Norvich" darvozasiga to'rtta gol urdi. Biroq Yurgen Kloppda havotir uchun sabab bor. Mersisaydliklar darvozaboni Alisson jarohat oldi va uning o'rnini jamoaga joriy yozda qo'shilgan Adrian egallaydi.


Frenk Lempardning "CHelsi" bosh murabbiyi sifatida o'tkazgan ilk rasmiy uchrashuvi mutaxassis kutganidek o'tmadi. "Ko'klar" yaxshi o'yin ko'rsatganiga qaramasdan "Manchester Yunayted"ga 0:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Lempardni yana bir qiyin imtihon kutib turibdi, jamoaning ko'plab o'yinchilari (Villian, Ryudiger, Loftus-CHik, Xadson-Odoi) hali ham jarohatlaridan forig' bo'lishmadi.


"Liverpul"ning pressingi "CHelsi"ni yakson qilishi mumkin

Londonliklar MYUning bosimiga dosh bera olishmadi, "Liverpul" esa pressing bo'yicha Evropaning eng kuchli jamoasi hisoblanadi. Angliya Superkubogida ishtirok etmagan, "Norvich"ga qarshi ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Sadio Mane bu bahsda asosiy tarkibda bo'lishi kerak. "Qizillar" hujumidagi uchlik pressingni boshlaganda "CHelsi"ning markaziy himoyachilari katta qiyinchilikka uchrashadi.

"Ko'klar" ustozi "Liverpul" hujumlarining to'lqiniga dosh berish uchun N'Golo Kanteni maydonga tushirishni istaydi, ammo franciyalikda kichik jarohat bor. Jordan Xenderson va Veynaldumlarning hujumga xavfli qo'shilishlari "CHelsi" markaziy zonasida muammolar tug'diradi. Evropa ligasi g'oliblari katta kuch bilan hujumga o'tishmasa kerak. Muhammad Saloh doimo qarshi hujumlarga tayyor bo'lish uchun raqib jarima maydonchasiga yaqin hududda bo'ladi. Mane va Saloh o'z jarima maydonchasidan raqibnikiga o'tib, gol urishi uchun odatda 10-12 soniya etarli bo'ladi.


Temmi Abraxam "Liverpul" himoyasini yorib o'ta olmaydi

Lempard yosh Abraxamga ko'p imkoniyat bermoqda, ammo Temmi MYUga qarshi bahsda o'z vaziyatlaridan foydalana olmadi. Tanasi va bosh bilan yaxshi o'ynaydigan Olive Jiruga umid qilishdan boshqa chora yo'q.


Qanotlarda ham vaziyat og'ir. Maunt va Barkli qanot o'yinchilari emas, bitta o'yin uchun Villian bilan tavakkal qilish ham noto'g'ri. Robertson va Aleksandr-Arnoldlarga bosim o'tkazish qiyin, shu sababli uzatmalarni jarima maydonchasiga etmay amalga oshirish kerak. Aks xolda "Liverpul" darvozasiga umuman yaqinlashib bo'lmaydi.


"CHelsi" himoyachilarining formasi London jamoasining muvaffaqiyatini belgilaydi


"CHelsi" MYU bilan bahsda to'npi himoyachi va tayanch yarim himoyachilari orqali o'yinga kiritdi. Markaziy himoyachilar uzun paslardan kam foydalanishdi, ammo qisqa paslar ham aniq bo'lgani yo'q. Kepa Arrisabalaga bosim ostida to'pni uzatishda xatoga yo'l qo'ydi. Aspilikuetaning 52ta pasidan 75% aniq bo'ldi. MYU xatolarni kechirmadi.


Emerson MYUga qarshi bahsda uzatmalar soni bo'yicha Kristensendan keyin ikkinchi bo'ldi, ammo aniqlik bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichni qayd etdi. To'pni italiyalik orqali o'yinga kiritish yaxshi g'oya. Emerson nafaqat aniq pas beradi, balki driblingda ham yaxshi.

Yana bir muammo - Kristensen va Zumaning pozicion o'yini. Bu himoyachilar MYUga yaratib bergan yo'laklar tufayli "qizil iblislar" yirik g'alabaga erishishdi. Franciyalik jamoadoshlarining o'rnini yopish uchun o'z poziciyasini tashlab ketishni yaxshi ko'radi, Kristensen esa yonida jamoadoshi bo'lmasa ikkilanib qoladi. Ularning hech biri etakchi himoyachi bo'lib o'ynamaydi, bu esa markaziy hududda ketma-ket xatolarga olib keladi.


Taxminiy tarkiblar

"Liverpul": Adrian, Robertson, van Deyk, Gomes, Aleksandr-Arnold, Veynaldum, Fabino, Xenderson, Mane, Firmino, Saloh.


"CHelsi": Arrisabalaga, Emerson, Zuma, Kristensen, Aspilikueta, Kovachich, Jorjino, Pulishich, Maunt, Pedro, Abraxam.



Murabbiylar fikri

Yurgan Klopp: "Superkubokda g'alaba uchun jiddiy kurashamiz. UEFA Superkubogi - sifat belgisi. Agar unda ishtirok etmayotgan bo'lsang, o'z finalingda g'alaba qozonmagan ekansan. Bu yil hammasi boshqacha, uchrashuvni katta qiziqish bilan kutyapman. Bu top-o'yin, shahar ham ajoyib".

Frenk Lempard: "Bu "CHelsi" murabbiyi sifatida evrokubokdagi birinchi o'yinim. Har bir futbolchi bu bahs ahamiyatini his qilishi, maydonda bor kuchini ishga solishi kerak. Bizni jiddiy imtihon kutib turibdi, ammo maydonni o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'ra olmadik deb tark emasligimiz kerak".

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика