“Liverpul” – “CHelsi”. Bugungi o'yin oldidan "Angliya futboli" storisidagi so'rovnoma natijalari
04 mar 2021 22:40
Yangiliklar


“Liverpul” – “CHelsi”. Bugungi o'yin oldidan "Angliya futboli" storisidagi so'rovnoma natijalari
Mazkur bahs oldidan “Angliya futboli” storisida so'rovnoma o'tkazildi va unda biroz ustunlik mersisaydliklarga berildi – 54 foiz. “Aristokratlar" foydasiga esa 46 %!
Jamoalar o'rtasidagi so'nggi 6 uchrashuvning 5 tasida “qizillar” zafar quchgan, “CHelsi” hisobida bitta g'alaba bor.
“CHelsi” APL turnir jadvalida 44 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda. 43 ochko ega “Liverpul” esa 6-pog'onada turibdi.
Malumot o'rnida, Tomas Tuxel londonliklar boshqaruviga kelganidan beri hali mag'lub bo'lmadi – 9 o'yin, 6 g'alaba va 3 durang.
Yurgen Klopp va Tuxel o'rtasidagi o'zaro qarama-qarshilikdagi esa ustunlik “Liverpul” ustozi tomonida:
- 14 uchrashuv
- Klopp hisobida 9 g'alaba
- Tuxelda 2 g'alaba
- 3 durang
Liverpool |
Premier League . 29-tur 05/03/2021, 01:15 1
:
0
Tugadi
|
Chelsea Mason Mount - 42' |
Stadion: Anfield, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Martin Atkinson
Eldor Akmurzaev tayyorladi
Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar