"Liverpul" braziliyalik yarim himoyachi uchun 115 mln evrodan ko'proq mablag' taklif qildi
08 sen 2023 00:49
Yangiliklar
"Liverpul" braziliyalik yarim himoyachi uchun 115 mln evrodan ko'proq mablag' taklif qildi
"Liverpul" "Nyukasl" yarim himoyachisi Bruno Gimaraesni sotib olishga tayyor.
"Qizillar" o'rta chiziqni "Brayton" futbolchisi Moyses Kaysedo bilan kuchaytirishni rejalashtirgan edi, ammo u "CHelsi"ni tanladi.
Ekvadorlik o'yinchi bilan kelishuv muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan ko'p o'tmay, "Liverpul" Gimaraes masalasida "Nyukasl" bilan bog'landi.
Manbaning xabariga ko'ra, klub 25 yoshli braziliyalik uchun 100 million funt (taxminan 116 million evro) taklif qilgan.
Bruno Transfermarkt tomonidan 70 mln evroga baholangan. Yarim himoyachining "hakkalar" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar