"Liverpul" braziliyalik yarim himoyachi uchun 115 mln evrodan ko'proq mablag' taklif qildi

Оқил Абдубарноев
8 sen 2023, 00:49
"Liverpul" "Nyukasl" yarim himoyachisi Bruno Gimaraesni sotib olishga tayyor.

"Qizillar" o'rta chiziqni "Brayton" futbolchisi Moyses Kaysedo bilan kuchaytirishni rejalashtirgan edi, ammo u "Chelsi"ni tanladi. 

Ekvadorlik o'yinchi bilan kelishuv muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan ko'p o'tmay, "Liverpul" Gimaraes masalasida "Nyukasl" bilan bog'landi. 

Manbaning xabariga ko'ra, klub 25 yoshli braziliyalik uchun 100 million funt (taxminan 116 million evro) taklif qilgan.

Bruno Transfermarkt tomonidan 70 mln evroga baholangan. Yarim himoyachining "hakkalar" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Diario AS