“Liverpul” APL chempioni bo'lsa, men dunyodagi eng baxtli inson bo'laman
24 mar 2019 01:26
Yangiliklar
“Liverpul” APL chempioni bo'lsa, men dunyodagi eng baxtli inson bo'laman
“Liverpul”ning sobiq futbolchisi Stiven Jerard “Milan” afsonalariga qarshi o'tkazilgan xayriya uchrashuvidan keyin o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Yana qizil libosni kiyib, “Enfild”da harakat qilish bu boshqacha tuyg'u. Sobiq jamoadoshlarim bilan birga “Milan”ga qarshi o'ynaganimdan xursandman. G'alaba to'pini kiritganim esa menga o'zgacha zavq bag'ishladi. Yigitlarning muhim ishlari bo'lishiga qaramay, ular uchrashuvda qatnashdi. Bugungi bahsda bizni olqishlab turgan muxlislardan minnatdorman. Bu kabi o'yinlar o'zgacha baribir. Ishoning men hali hamon “Liverpul”ga qayg'uraman. “Glazgo Reynjers”da faoliyat olib borayotganimga qaramasdan, “Liverpul”ga befarq bo'la olmayman. Umid qilamanki, ular APL chempioni bo'la olishadi va shunda men dunyodagi eng baxtli inson bo'laman.”, - deydi 1998-2015-yillarda “qizillar” sharafini himoya qilgan futbolchi.
Fikrlar