So’nggi yangiliklar

20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  0 19:51"Манчестер Сити" - "Видад Касабланка". Таркиблар маълум  8 19:30Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912" – "Бунёдкор", "Шўртан" – "Арал"  1 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   1 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  1 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  6 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  4 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  6 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2 15:18Клублар ўртасидаги ЖЧ учрашувига уч минг мухлис келди. Бу турнирдаги энг ёмон натижа  6 15:12ВАР ва АВАР ҳакамлари учун ФИФА семинари бўлиб ўтади  1 14:57"Манчестер Сити"га янги сардор тайинланди  4

Liu CHun Fai: “O'zbekiston bizdan kuchli emasdi” Yangiliklar

Liu CHun Fai: “O'zbekiston bizdan kuchli emasdi”

O'zbekiston – Gonkong (1:1) uchrashuvidan so'ng dastlab gonkongliklar ustozi Liu CHun Fai o'z fikrlarini bildirdi.
“Bugun zo'r natijaga erishdik, ruhiy tomondan raqibdan kuchli edik. Hamma o'yinchilar ko'rsatmalarimga amal qildi. Ular bilan faxrlanaman. O'ylaymanki vatandoshlarimiz bizdan xursandlar. Biz haqiqiy gonkongliklarning matonatini ko'rsatdik va ular uchun jonimizni berib o'ynadik”, - deb gap boshladi Liu CHun Fai.

- O'zbekistan o'z darajasidan past o'ynadimi yoki Gonkong o'z darajasidan yuqori?
- O'zbekiston bizdan zo'r emas. Ular bizni himoyamizni yorib o'tishlari qiyin bo'ldi. Kuchli jamoa yorib o'tishi kerak. Ular uchun afsusdaman avval ham yuta olishmagan edi.

- Tanaffusda shogirdlaringizga nima dedingiz?
- SHunchaki gol o'tkazmasligimiz kerakligini aytdim. Asosiy etiborni himoyaga qaratdik va bu samarasini berdi. Bugun mentalitetimiz evaziga ochko oldik. O'zbekistonning hujumlarini bartaraf qilishimiz sababi ruhiy kuchliligimizda edi.

- Osiyo o'yinlarida maqsadingiz qanday?
- Imkon qadar uzoqroqqa borishga harakat qilamiz.

- Gongkong hujum qilishni ham biladigan jamoa. Buni bitta vaziyat bilan isbotladi. Nima uchun yutish uchun hujum qilmadingiz?  
- O'zbekiston bizdan ancha yuqorida. Ularga qarshi ochiq o'yin qilib bo'lmas edi.

- Bangladesh – Afg'oniston (1:0) uchrashuvi haqida fikringiz.
- Afg'oniston kuchli edi. Endi biz ular bilan o'ynaymiz. G'alaba qozonishga harakat qilamiz. Mazkur o'yin bizni jadvaldagi holatimizga oydinlik kiritadi.


Nodirxo'ja Yuldashev 
Incheon shahridan
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика