So’nggi yangiliklar

18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  0 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  1 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  0 16:32"Манчестер Юнайтед" де Лигт учун "Бавария"га 45 млн фунт таклиф қилади  1 16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  1 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  4 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  3 14:33"Ал Иттиҳод" Эдерсонни харид қилишга уриниб кўради, "Ман Сити" 50-60 млн евро хоҳламоқда  0 13:47"Астон Вилла" "Барселона" собиқ ўйинчисини сотишга тайёр  0 13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  3 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  1 12:39Қирғизистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзимиз йўл қўйган хатоларимиз сабабли мағлуб бўлдик. Осиё кубогида Японияни мағлуб этганимиздан сўнг босимни ҳис қилдик"  1 12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  1 11:48Феликс "Бенфика"га қайтиши мумкин?!  0 11:20"Реал" ўйинчилари ва ходимлари Мбаппенинг ўзини тутишидан ҳайрон  7

Lionel Messi zabt etmagan 9 rekord Yangiliklar

Lionel Messi zabt etmagan 9 rekord

Lionel Messi bugunga qadar juda ko'p yutuqlarga erishdi. Ularni birma-bir sanash uyoqda tursin, hatto, oxiriga etish ham mushkul. U - fenomen.

Mana, futbolga kirib kelganiga ham 10 yil bo'libdi. SHu vaqt ichida, ko'p muxlislar orttirdi va ularni faqat quvontirishga harakat qildi. Argentinalik o'smir paytidayoq mashxurlik cho'qqisiga chiqdi. Kuni kecha Leo Barselonadagi 600-o'yinini o'tkazdi. Ammo, hali erisha olmagan bazi yutuqlari ham talaygina. Quyida ular bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

1. CHempionlar Ligasining eng yaxshi hujumchisi
Hozirgi kunda barcha turnirlarda Lionelning asosiy raqibi — Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Portugaliyalik hisobida 110ta gol bo'lsa, bu ko'rsatkich bo'yicha argentinalik hali uch xonali sonni zabt etolganicha yo'q (97ta gol). Bu mavsumda Messi Krishtianudan o'zib ketolmasligi aniq, ammo Ronaldu faoliyatini undan ikki yil avval boshlagani va tabiiyki, vaqtliroq tugatishini hisobga olsak, Leo birinchi o'ringa chiqib olishi haqiqatga juda yaqin.

2. Eng ko'p sovringa ega bo'lgan futbolchi
Faoliyati davomida argentinalik 30ta sovrin olgan, ammo tarixda undan yaxshiroq natija ko'rsatgan futbolchilar etarli. Rayan Giggz “Manchester Yunayted” klubida eng gullagan davrini o'tkazdi va bu vaqt davomida 36ta sovrin yutdi. Vitor Baiya esa “Porto” va “Barcelona” klublarida 35 marta kubok olgan bo'lsa, Leoning hamkasbi Andres Inesta 32 marotaba mukofotga ega chiqqan. Gari Nevill va Daniel Alves esa 31tadan yutuqqa erishgan. Ko'rib turganingizdek, u hali hammadan oldinda emas.

Giggz, Baiya va Nevill faoliyatiga nuqta qo'yganiga ancha bo'ldi. Demak, ularni ortda qoldirish mushkul emas. SHunday ekan, Messi yana 7ta kubok evaziga Rayandan o'zib ketishi mumkin. Inesta va Alves faoliyati Messinikidan avval o'z poyoniga etadi. Ha, aytgandek, markaziy himoyachi Jerar Pike ham Messi kabi 30ta sovrin yutgan. O'yinchilar faqatgina bir klub azosi bo'lmagan takdirlaridagina, bir-birlari bilan bo'ladigan jangda g'olib bo'lishlari mumkin.

3. CHempionlar ligasida eng ko'p g'alaba qozongan o'yinchilar
Ana endi bu vaziyat biroz munozarali. “Real” tarkibida Pako Xento 6 marta Evropa CHempionlar Kubogida g'alaba qozongan. Messi Inesta, Pike va Ronaldu 4 tadan, Di Stefano, Xose Mariya Sarraga (“Real”) va Paolo (“Milan”) esa 5 martadan zafar quchgan. Messi birinchi o'rinni egallashi uyoqda tursin, hatto, Xentoga etib olishi biroz qiyin bo'ladi, nazarimizda.

4. Evropa kubogiga ega bo'lgan futbolchi
Evropa turnirlarida Leo Messi hisobida hozircha 7ta g'alaba bor (CHL — 4ta va Evropa Super Kubogi — 3ta). Jerar Pike, Andres Inesta va Krishtianu Ronalduda ham xuddi shunday ko'rsatkich. Dani Alves, Paolo Maldini va Ari Xan (“Ayaks” va “Anderlext”) esa Evropada 9 martadan zafar quchgan.

5. Bir klubning o'zida eng ko'p gol urgan snayper
“Barcelona” klubi azosi Leo 600 o'yinda 523ta gol urgan. Kelgusi o'yinlarda u 563 bahsda 525 ta gol urgan afsonaviy Gerd Myullerning rekordini yangilashi mumkin. Navbatdagi o'rinni Yozef Bican egallab turibdi. U 1937-1948 yillarda “Slaviya Praga” tarkibida 274 o'yin o'tkazib, 534ta gol urgan. Bicanga bo'lgan hurmat tufayli, “Slaviya” “Barselona”dan uzoqroq bo'lgan. O'sha yillarda futbol darajasi bugungi kunga nisbatan ancha past edi, ammo, rekord rekorddir. Ha, albatta, Peleni ham unutganimiz yo'q. U “Santos”da 659 uchrashuvda 643ta gol urgan. Messi Peledan o'zib ketishi uchun hali ancha ter to'kishiga to'g'ri keladi.

6. “Barcelona”ning eng ko'p o'yinlarida ishtirok etgan o'yinchi
Agar Leo faoliyatining so'ngiga qadar Kataloniyada qolsa, 767 o'yinda o'z chiqishlarini to'xtatgan do'sti Xavi Ernandesni ortda qoldirishi hech gapmas. Leoning mavsum boshida o'rtacha 50ta o'yin o'tkazishini hisobga olsak, u Xavidan o'tib ketishi mumkin. Muhimi, argentinalik jarohatlarini engib o'ta oldi. Inesta 42-o'yinni o'tkazgan bo'lsa-da, u Messiga mos raqib bo'lishi amri mahol.

7. Ispaniya chempionatida eng ko'p zafar quchgan futbolchi
Iker Kasilyas ona yurti chempionatida boshqalarga qaraganda ko'proq g'alaba qozongan. Uning hisobida 334ta muvaffaqiyatli o'yin bor. Ikkinchi o'rinni 333 g'alabali uchrashuv bilan Andoni Subisarreta, uchinchi pog'onani esa Raul (327) band etib turibdi. Xavi hisobida 322, Manuel Sanchis — 312 va nihoyat Leo Messi — 298 o'yin bilan egallashga muvaffaq bo'ldi. Leo Messi keyingi mavsumda ortiqcha urinishlarsiz g'alaba qozonishiga shubxa yo'q.

8. Oltin butsalari soni eng ko'p bo'lgan o'yinchilar
Oltin butsa — har yili UEFAga azo bo'lgan davlatlar chempionatining eng yaxshi to'purariga beriladigan mukofot. Bu borada Messi har yili Ronaldu bilan raqobatlashadi. Hozirgi kunda, har ikkisi hisobida 4tadan sovrin bor. Leo 2009/10, 2011/12, 2012/13 va 2016/17 yilgi mavsumlarda, Ronaldu esa 2007/08, 2010/11, 2013/14 va 2014/15 yillarda sovringa loyiq deb topilgan. SHu mavsumning o'zida Leo 12ta gol urdi, Krishtianuda esa bu ko'rsatkich atigi bir dona. Ammo, boshqa hujumchilarni ham yoddan ko'tarmaslik zarur. Masalan, 2015/16 yilgi mavsumda mukofotni Luis Suares qo'lga kiritgan.

9. Eng ko'p “Oltin to'p” olgan futbolchi
“Oltin to'p” har yili Evropaning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladi. Leo va Krishtianu bu erda yana raqobatlashishda davom etadi. Hozirgi vaqtda, “Barca” hujumchisi hisobida 5ta “Oltin to'p” (2009, 2010, 2011, 2012 va 2015) bor. “Real” snayperida esa hozircha 4ta (2008, 2013, 2014, 2016). Bu mavsumda Krishtianu mukofotni qo'lga kiritishi mumkin degan taxminlar bor. SHunday ekan, Leo portugaliyalik bilan hisobda teng bo'lib qolmasligi uchun yaxshi tayyorgarlik ko'rishi va rekord o'rnatishga harakat qilishi kerak.

Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика