Lionel Messi uchun Meksikaga kirish taqiqlanishi mumkin
07 dek 2022 22:04
Yangiliklar
Lionel Messi uchun Meksikaga kirish taqiqlanishi mumkin
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi uchun Meksikaga kirish taqiqlanishi mumkin.
Meksikalik siyosatchi Mariya Klemente Garsiya Moreno 35 yoshli argentinalikka mamlakatga kirishni taqiqlash tashabbusi bilan chiqdi.
JCH-2022 guruh bosqichining 2-tur uchrashuvidan so'ng Argentina terma jamoasining kiyim almashtirish xonasidagi videolar tarqalgandi. Videoda Messi yonidagi erda Meksika terma jamoasining libosi yotgandi. Tantana paytida hujumchi uni oyog'i bilan surib yuborgandi.
Boks bo'yicha supero'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni meksikalik Saul Alvares ushbu epizodga munosabat bildirdi. U imkoni bo'lsa futbolchini "jazolash"ga vada berdi, biroq keyinroq o'z so'zlari uchun uzr so'radi.
Fikrlar