So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  1 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

Lionel Messi: “O'yindan oldin qichqiradigan va shovqin soladigan futbolchilardan emasman” Yangiliklar

Lionel Messi: “O'yindan oldin qichqiradigan va shovqin soladigan futbolchilardan emasman”

“Barselona” etakchisi Lionel Messi jamoasi kabi mavsumning yakunlovchi qismi arafasida turibdi.
Jahonga mashhur internet sayti va jurnallardan biri hisoblangan “fourfourtwo.com” bilan suhbatda u kundalik hayoti, jamoadagi munosabat, odatlari va “Real” bilan qarama-qarshilik to'g'risida to'xtalib o'tdi.

Tiagoning dunyoga kelishi
Tiagoning dunyoga kelishi bilan hayotim keskin o'zgardi. Hozir u hayotimdagi eng muhimidir. Bu hech narsaga o'xshamaydigan chaqiruv deb aytish mumkin. Hamisha xayoling o'g'ling bilan bo'ladi. Bu ajoyib tajriba bo'ldi deb o'ylayman.

SHubhasiz, u so'rash mumkin bo'lgan eng yaxshi sovg'a hisoblanadi. U otasi kimligi va uning nima bilan shug'ullanishini biladimi? Yo'q, albatta. Hozircha u hech narsani bilmaydi, chunki endi 2 yoshga to'ldi.
Oxirgi oylarda u gapirishni o'rgandi, unga nima deyayotganimizni tushunadi, bu esa fantastika. Lekin mening nima qilishimga kelsak, u buni tushunmaydi. Bunday narsalar to'g'risida u o'ylamaydi. Antonellaning aytishicha, Tiago televizorda ko'rganda meni tanir ekan. O'ylaymanki, bu yaxshi.



Mashg'ulotga yo'l
Mashg'ulotga ketayotganimda doimo xotirjam yurishga harakat qilaman. Mashinani boshqarishdan rohatlanaman. Mashg'ulotdan avval o'zingni bo'sh qo'yishga bir oz bo'sh vaqt borligi yaxshi, fikrlaring bilan yolg'iz qolish foydali. O'yindan oldin ham shunday. Hamisha bir xil yo'nalishda yuraman, bu menga diqqatni jamlashga yordam beradi.
Rulda ekanimda odamlar meni bilishadi. Ko'pincha ular mashinani bilishadi, lekin bir necha marta ular ko'chani kesib o'tayotib yoki men bilan qizil chiroqda yonma-yon turib, men tarafga boqishgan va hayratlanib, “nahotki, bu sen!” deyishgan. Haqiqatdan ham, bu juda ajoyibdir.

Mashg'ulotlar
Mashg'ulot boshlanishiga bir soat qolganda etib boramiz. Birgalikda nonushta qilamiz, keyin esa barcha mashqlar boshlanguncha o'z ishi bilan mashg'ul bo'ladi. Kimdir sport zaliga boradi, boshqalar fizioterapevt boshchiligida shug'ullanadi, ayniqsa, kichik jarohati bor futbolchilar. Men bazan mashg'ulot maydoni atrofida aylanishim yoki shunchaki kiyinish xonasida o'tirishim mumkin. Futbolchilar mashg'ulot arafasida mate ichishlari mumkin.
Har safar turlicha bo'ladi, lekin mate va do'stlar bilan muloqot – har kuni qiladigan ishlarimdir. Bu biz shunchaki qiladigan narsalar. Kelamiz, mate ichamiz va suhbatlashamiz. Bunga biror sabab yo'q, doimo shunday qilamiz.



Kiyinish xonasi
Barcha o'ziga xos uslubiga ega. Hammamiz turlichamiz. O'ylaymanki, uslubimda hech qanday noodatiylik yo'q. Jinsi va futbolkada yuraman. O'zaro yaxshi munosabatdamiz. Dani Alvesh bilan hamisha yaxshi munosabatda bo'lganman, chunki “Barsa”ning birinchi jamoasiga o'tgan paytimda o'ng qanotda birga o'ynashni boshlaganmiz. Biz maydonda va undan tashqarida ko'p yillarni birga o'tkazdik. Kundan-kunga munosabatlarimiz yaxshilandi, bu menga maydonda katta yordam berdi. Men bir-birimizni ko'ngildagidek tushunishimizni nazarda tutyapman.

Bir jamoa sifatida birgalikda yig'ilishga harakat qilamiz. Biroq hamisha turlicha bo'ladi, chunki har birimiz bo'sh vaqtini oilasi bilan o'tkazishga mo'ljallagan bo'lishi mumkin. Hammamizning majburiyatlarimiz turlicha, kimdadir farzandlar ko'p, boshqasi esa ularni maktabdan olishi kerak yoki tezroq uxlashga chorlashi kerak. Farzanding bilan nima qilsang ham bu vaqt talab etadi. Imkonimiz bo'lganda yig'ilamiz, ammo hammaning shaxsiy hayoti bor.

Pike, Inesta, Fabregas va La Masiya
O'zing ko'p yillardan beri yaxshi bilgan odamlar bilan bir jamoada o'ynash juda muhim deb ayta olmayman. Boshqa tarafdan bunda ajoyib lahzalarni do'stlaring bilan birga baham ko'rishga imkoning bo'ladi, bu juda ajoyibdir. Andres Inesta, Sesk Fabregas yoki Xerar Pike kabilar bilan. Pike odamlar gapiradigandek hazilkashmi? Bo'lib turadi, lekin ish futbolga etib borishi hamonoq u jiddiyga aylanadi. Pike asosiy hazilkash ekanini barcha gapiradi, lekin unday emas. Futbol vaqti kelganda 2 so'z miyaga keladi: jiddiylik va mehnat.



O'yinga ruhiy tayyorlanish
Avvalgi o'yin tugashi bilan jamoadoshlarim singari keyingi bellashuvga tayyorlanishni boshlayman. Nimalarni yaxshi bajarganimiz va qaysi xatolarni tuzatish ustida ishlash zarurligini gaplashib olamiz. Qisqa muddatda ko'p uchrashuvlar o'tkazamiz va futbolda to'xtab qolmasdan oldinga qarab intilish lozim.

O'yin oldidan tayyorlanishim mashg'ulotdan avvalgi tayyorgarlikka o'xshashib ketadi. Bu borada aniq bir odatlarim yo'q. Ko'zimga ko'ringan kiyimlarni kiyaman. O'yindan oldin kiyinish xonasida qichqiradigan va shovqin soladigan futbolchilardan emasman. Xotirjam, o'ylarim bilan yolg'iz qolishni yoqtiraman. Bazida o'tgan bahsda yuzaga kelgan holatlar haqida o'ylayman.

Himoyachilarga qarshi yoki o'yinda yuz berishi mumkin bo'lgan vaziyatlar to'g'risida o'ylayman. Buning hammasi uchrashuv davomida amalga oshmaydi, lekin bazida bular foydali ham bo'ladi.

Ko'pchilik o'yin uslubim tug'ma ekani haqida gapiradi, biroq bunday emasligiga ishonaman. To'g'risini aytsam, men sezgimga ishonib o'ynayman. Maydonda hamisha yaxshiroq harakat yoki o'yinning malum qismida to'g'ri qarorni qidiraman. Hech qachon raqib mendan kutgandek o'ynashni xohlamayman.

O'yindan keyin dam olish
Mashg'ulotdan so'ng odatda uyga ketaman. Oilam, o'g'lim va yaqinlarim bilan vaqtimni birga o'tkazish uchun. Men shundayman. Boshqa sport turlari bilan shug'ulanmayman, televizor orqali ularni tomosha qilishni maqul ko'raman.
Bazida “FIFA”ni “PlayStation”da do'stlarimga qarshi terma jamoa yoki klub bo'yicha o'ynab turaman. Bu juda quvnoq holatdir. Bu o'yinda qirolman deb aytolmayman, bir necha futbolchilar unda ham juda yaxshi o'ynashadi.

Uyquga turli vaqtda yotaman. Og'ir mashg'ulot va kundan keyin charchoqni his qilsam, uyquga vaqtliroq yotaman. Lekin men, rafiqam va o'g'lim uxlash uchun aniq bir vaqtga ega emasmiz. Menga televizor qarshisida uxlash osonroq. Uning shovqini meni tinchlantiradi.



“Klassiko”dagi raqobat
“Klassiko” – bu boshqacha o'yin. Unga bog'langan barcha uchun bu o'zgacha uchrashuvdir: muxlislardan tortib o'yinchilargacha. U jahon darajasidagi hodisa. Futbolchi sifatida unga xuddi boshqa bellashuvlar singari munosabatda bo'lish lozim deb o'ylayman. Barcha derbilar singari unda ham o'zining shiddati bor. Bunday uchrashuvda o'ynash ajoyibdir. Unda ko'p gol urganman va menga omad kulib boqqan.

Xalqaro maydonda Argentina-Braziliya uchrashuvini “Barsa” va “Real” o'rtasidagi to'qnashuvga solishtirish mumkin. Har ikki qarama-qarshilikda buyuk raqobatga ega buyuk jamoalar ishtirok etadi. Asosiy farq shundaki, “klassiko” shunchaki ikki tomonning raqobati emas, “Barsa” shunchaki bir shaharni o'zida mujassam etmaydi, unga jahonning turli burchaklarida muxlislik qilishadi.

Bosimni engib o'tish
Futbolda bosim – qiziqarli mavzu. Men uni imkonim boricha engib o'tishga urinaman. Hamisha xotirjamlikni saqlab, maydonga chiqayotganimda qancha zarur bo'lsa, shuncha tinchlanishga harakat qilaman. Oyog'im ostida maysani his qilsam, o'zimni ishonchliroq sezaman, chunki futbol o'ynashni juda yoqtiraman. Bosimni qarg'ish yoki yaxshilik deb hisoblash mumkinmi? Buni bilmayman.

O'zimda uni yaxshi tarafga foydalanish uchun intilaman. U menga maksimum o'ynashga yordam beradi. Bosimni his qilmayman, aksincha nima qilayotganimdan rohatlanaman, bu esa futbol o'yinidir.

Kundalik hayot

Menga ko'p beriladigan savollardan biri kundalik hayotimni odatiy yuritish nasib etishi haqida bo'ladi. Bunga ijobiy javob qaytara olaman. O'zim xohlagan barcha narsani qilishga urinaman va bunga erisha olaman. Barselonada odamlar juda mehribon. Odamlar suratga tushish va dastxat berishni iltimos qilishadi, lekin oddiy hayot kechiraman deb o'ylayman. Agar istasam, ko'chada etiborga tushmasdan sayr qilaman. Sayrga ko'p chiqmayman, chunki uyda oilam bilan qolishni yoqtiraman. Agar buni istasam, uni amalga oshira olaman.

Matbuot shaxsiy hayotimga unchalik aralashmaydi. Oilaviy hayotimga ular aralashishmaydi. Bu borada menda hech qanday muammo yo'q.

Atrofimda odamlar xuddi maydonda bo'lganimdek suratga olishiga ko'nikkanman. Bu kundalik hayotimning odatiy qismiga aylangan. Atrofingda ishga kirishishga tayyor turgan odamlar ko'pligini ko'rish yoqimli. Bu menga yoqadimi? Bu hayot. Boshqa yo'l yo'q.



Futboldagi eng muhim lahzalar
Sovrinlarni qo'lga kiritayotgan jamoaning bir bo'lagiga aylanish faxr tuyg'usini uyg'otadi. Sovrinlarga ega chiqish meni xursand qiladi, futbolda aynan muvaffaqiyatli bo'lishni xohlayman. Biror g'alabani alohida ko'rsata olmayman, ular menga ko'p narsani bildiradi. CHempionlar Ligasi – eng yaxshi musobaqa, ammo istalgan sovrinni yutish takrorlanmas voqeadir.

Rosario ko'chalarida o'ynab yurgan bola bo'lganimda, hech qachon hozir o'zim turgan bunday darajaga etishni orzu qilmagandim, CHempionlar Ligasi va boshqa turnirlarni yutishni o'ylamagandim. Ispaniyada yashab, “Barselona”dek buyuk klubda o'ynash haqida o'ylamagandim, boshqa narsa to'g'risida gapirmasam ham bo'ladi.

Oilamiz uchun bu etishib bo'lmas narsadek tuyulardi, lekin bu amalga oshdi. Bu shunchaki ajoyib. Futbol haqida o'ylardim, sportni yoqtirardim. Professional bo'lish to'g'risida ko'p o'ylaganman, ammo “Barsa”dek jamoa tarkibida o'ynashni xayolimga keltirmagandim. Matbuot va jamoadagi do'stlaring tomonidan tarixdagi eng yaxshi deb atalish qanday bo'ladi? Avvalo, bu katta faxr deganidir. Bu ajoyib hissiyot. Uzoq vaqtdan beri bilgan professionallar va futbolchilarning shunday narsani gapirishlari ajoyibdir.

Bolalik xotiralari
Bu ancha avval bo'lgandi. Bolalikda ko'chada futbol o'ynardim va bu juda quvnoq voqea edi. So'ng tuman jamoasi uchun o'ynashni boshlaganman, o'shanda 5 yoki 6 yoshda edim.
Albatta, “Barselona” tarkibida ilk o'yinimni “Portu”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida o'tkazganimni yoki rasmiy debyutni “Espanol”ga qarshi Dekuning o'rniga maydonga tushib, o'ynaganimni unutmayman. Bu lahzalar miyamda yorqin bo'lib qoladi, ular hayotim va faoliyatimdagi muhim lahzalardir.

Juda yoshligimdan shunday buyuk futbolchilar bilan birga to'p tepganimdan baxtiyorman. Ayniqsa, o'yinlar “Nou Kamp”da o'tgan chog'da. To'g'risini aytsam, imkoni boricha xotirjam qolishni istayman.



“Barselona”da ko'rikdan o'tish
Hamon “Barselona”dagi ko'rikdan o'tganimni eslayman. 13 yoshda edim va bu erda 15 kunni o'tkazganman. Ispaniya maydonidan uzoq bo'lmagan mehmonxonada istiqomat qilgandik, hammasi yaxshi kechgandi. Jamoadosh do'stlarim mehmondo'st edilar va ularni do'stim deb atashim uchun ikki kun kerak bo'lgandi xolos. Bu o'zgacha tajriba bo'lgandi.
Faoliyatimdagi barcha voqealar qadrli, qiyin vaziyatlar ham hayotingni tashkil etadigan izlar qoldiradi. “Barselona”dagi o'sha lahza o'zgacha bo'lgandi. Bu shunchaki fantastika edi. Skautlardan biri Karles Reshak qog'oz sochiqqa “Barsa” men bilan shartnoma imzolashi haqida yozgani to'g'risida gap yuradi. Buni ko'p marta eshitganman, biroq o'sha qog'oz sochiqni ko'rmaganman. SHu sababli uning to'g'ri yoki noto'g'ri ekani haqida ayta olmayman!

Kundalik ishtiyoq
Kundalik ishtiyoq men uchun muammo emas. Tarixga qaytmayman va nimalarga o'rganganimni qaytarmayman. Men faqat shaxsiy saviya, sovrinlarni qo'lga kiritishni emas, balki jamoadagi muhitni ham nazarda tutyapman. Jamoadagi do'stlarim bilan shug'ullanaman va har kuni o'sib boraman.
Gollar urish yoki rekordlar o'rnatish haqida qayg'urmayman, lekin ular ham erishish uchun munosib narsalardir. Maqsadim – ushbu jamoa bilan ega chiqish mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni qo'lga kiritish. Bu biz o'ylayotgan narsalardir.

Behzod NAZAROV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика