"Lion" navbatdagi uy uchrashuvini muxlislarsiz o'tkazadi
22 noy 2021 20:22
Yangiliklar
"Lion" navbatdagi uy uchrashuvini muxlislarsiz o'tkazadi
Franciya Professional futbol ligasi (LFP) "Lion" - "Marsel" uchrashuvi vaqtida yuz bergan voqea yuzasidan tekshiruvni boshladi.
O'yinning 2-daqiqasida muxlislardan biri mehmonlar yarim himoyachisi Dimitri Payetga shisha uloqtirdi. Tashkilot "Lion"ning navbatdagi uy uchrashuvini bo'sh tribunalarda o'tkazishga qaror qildi.
Keyingi jazo choralari va o'yinning o'tkazilish-o'tkazilmasligi to'g'risidagi qarorlar 8 dekabr kuni elon qilinadi.
Fikrlar