"Lion" "Milan" futbolchisi uchun kurashga qo'shildi
17 sen 2020 11:57
Yangiliklar


"Lion" "Milan" futbolchisi uchun kurashga qo'shildi
"Milan" forvardi Lukas Paketa uchun yangi davogar paydo bo'ldi.
23 yoshli braziliyalik futbolchining xizmatlariga "Lion" klubi qiziqish bildirmoqda. Klublar hali muzokaralarni boshlashmagan.
Eslatib o'tamiz, "Milan" "SHemrok Rovers"ga qarshi o'yin uchun Irlandiyaga yo'l oldi, Paketa esa Italiyada qoldi.
Oldinroq futbolchiga "Valensiya", PSJ, "Fiorentina" va "Benfika" klublari qiziqayotgani aytilgan edi.
Paketa 2019/20 yilgi mavsum "Milan" safida barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar