“Lion” etakchisi jamoani tark etishini malum qildi
20 may 2017 01:14
Yangiliklar
“Lion” etakchisi jamoani tark etishini malum qildi
Franciyaning “Lion” klubi hujumchisi Aleksandr Lyakazett ushbu mavsum yakunlangach jamoasini almashtirish niyatida.
“O'ylaymanki, hozir “Lion”ni tark etishning ayni vaqti. Oldimga yangi cho'qqilarni zabt etish vazifasini qo'yganman va o'zimni xavf ostiga qo'yib bo'lsada, yuqoriroq darajaga chiqmoqchiman. Hozir shunday vaqtki, har qanday o'zgarish mening foydamga xizmat qilishi mumkin”, deydi futbolchi.
“Nica”ga qarshi bellashuv Aleksandrning “Lion” formasidagi so'nggi o'yini bo'ladi. Ilgari xabar berilganidek, u Madridning “Atletiko” klubiga o'tishi mumkin.
Fikrlar