"Lion" braziliyalik tayanch yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi
07 iyu 2019 19:40
Yangiliklar
"Lion" braziliyalik tayanch yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi
Franciyaning "Marsel" klubi sharafini himoya qilayotgan Luis Gustavo jamoasini o'zgartirishi mumkin.
31 yoshli yarim himoyachiga "Lion" klubi qiziqish bildirgan. Uning transferini jamoaning yangi bosh murabbiyi Silvino va sport direktori Junino Pernambukano xohlamoqda.
Ortda qolgan mavsum Gustavo "Marsel" tarkibida 30 ta o'yinda qatnashdi va 2 ta gol urdi.
U 2010-2013 yillar davomida myunxenning "Bavariya" klubida faoliyat olib borgan va UEFA CHempionlar ligasida zafar quchgan.
Fikrlar