“Lion” bosh murabbiyi: “Mourino mening o'rnimga kelsa, xursand bo'laman”
27 mar 2019 20:14
Yangiliklar


“Lion” bosh murabbiyi: “Mourino mening o'rnimga kelsa, xursand bo'laman”
“Lion” bosh murabbiyi Bruno Jenezio portugaliyalik murabbiyi Joze Mourino francuz klubi ustoziga aylanishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.
“Biz uni hurmat qilamiz. Mourino qaysi klubda ishlagan bo'lsa, ularning hammasi bilan sovrinlar yuta olgan. Men uning futbolda amalga oshirgan ishlarini yuksak qadrlayman. Joze ajoyib murabbiy. Agar u mening o'rnimni egallasa, men bu bilan faxrlanaman”, deya Jenezioning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Get French Football News.
Mourinoning o'zi ilgariroq 2019 yilning yozida murabbiylikka qaytishi haqida aytib o'tgandi. Portugaliyalik mutaxassisning so'nggi ish joyi MYU bo'lgandi. Joze o'tgan yilning dekabrida istefoga chiqarilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar