Lingardning bir yil davom etgan golsiz seriyasi yakunlandi
26 jan 2020 20:55
Yangiliklar


Lingardning bir yil davom etgan golsiz seriyasi yakunlandi
Ayni daqiqalarda Angliya Kubogi 1/16 bosqichidan o'rin olgan “Tranmer Rovers” – MYU bahsi davom etmoqda.
Bellashuvning 16-daqiqasida “qizil iblislar” yarim himoyachi Jessi Lingard raqib darvozasini ishg'ol etdi.
27 yoshli futbolchi 2019 yil, 25 yanvardan buyon ilk marta Angliya turnirlari doirasidagi musobaqada gol urishga erishdi.
Qizig'i shundaki, uning avvalgi to'pi ham Kubokning 1/16 finalida o'tkazilgan “Arsenal”ga (3:1) qarshi uchrashuvda kiritilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar