Lineker: "Bazida futboldan nafratlanib ketaman"
23 dek 2021 21:38
Yangiliklar
Lineker: "Bazida futboldan nafratlanib ketaman"
61 yoshli Gari Lineker millionlar o'yini haqida salbiy fikrda ekanligini tan oldi.
"Men futbolni yaxshi ko'raman, lekin bazida undan nafratlanib ketaman", – deb yozdi Lineker Twitter'da.
U katta ehtimol bilan Angliya liga kubogi doirasidagi "Liverpul" – "Lester" (3:3, penaltilar bo'yicha – 5:4) o'yinidan kelib chiqib, shunday post yozib qoldirgan.
Malumot uchun, Lineker Angliya terma jamoasi safida 48 ta gol urgan. Bu futbol asoschilari tarixidagi uchinchi ko'rsatkich (Ueyn Runi va Bobbi CHarltondan keyin).
Gari uch marta (1985, 1986, 1990) Angliya chempionati hamda 1986 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi to'purari bo'lgan. SHuningdek, Angliya kubogi va superkubogi, Ispaniya kubogi va Kubok egalari kubogi g'olibiga aylangan.
O’xshash yangiliklar
02:55
APL. "Manchester Yunayted" autsayderni qiyinchilik bilan mag'lub qildi, Amad Diallodan xet-trik! 22
Fikrlar