Lindelyof o'ynayotgan paytda uning uyiga nomalum shaxslar bostirib kirishdi
21 jan 2022 21:42
Yangiliklar
Lindelyof o'ynayotgan paytda uning uyiga nomalum shaxslar bostirib kirishdi
Ushbu voqea chorshanba kuni 27 yoshli shved futbolchisi Premer-liga doirasida "Brentford"ga qarshi o'ynayotgan paytda sodir bo'lgan.
Futbolchining rafiqasi Mayyaning aytishicha, bosqinchilar Manchesterdagi uylariga bostirib kirishidan oldin u o'z xonasiini qulflab olib, kichkintoy bolalari bilan yashirinishga muvaffaq bo'lgan.
"Vaziyatdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, ahvolimiz yaxshi. Lekin, bu holat meni va bolalarni juda qo'rqitdi. Hozir biz SHveciyadamiz, oilamiz bilan vaqt o'tkazyapmiz", — deb yozdi Mayya Instagram sahifasida.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik bugun Viktorga dam berdi va uni 22 yanvar kuni "Vest Xem"ga qarshi o'yinga chaqirmadi.
"U nima sodir bo'lganini aytdi. Lindelyof xotini va bolalarini tashlab ketmoqchi emas. Biz bugun u mashg'ulot o'tkazmasligiga, ertaga esa o'ynamasligiga kelishib oldik", - dedi nemis murabbiyi.
Fikrlar