So’nggi yangiliklar

19:00"Челси", "Ман Сити" ва "Тоттенхэм" иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  4 18:42"Бавария" ва "Байер" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  0 18:12"Коняспор" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  0 17:49"Нефтчи" янги мавсум олдидан Ислом Исмоилов иштирокида матбуот анжумани ўтказди  13 17:30Достон Турсуновнинг ягона голи жамоасига ғалаба келтирди   0 17:04Лига ишчи гуруҳи Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони билан ишлашда давом этмоқда  1 17:03Эшитдик-да! "Қўқон-1912" бош мураббийи Баҳром Ҳайдаров клубда қолмоқчи эмас  2 16:54“Бунёдкор” Кривокапич билан шартномани икки йилга узайтирди  1 16:20"Астон Вилла" — "Арсенал". Таркиблар маълум  6 15:55"Барселона" туман туфайли "Бетис" билан ўйинга ўз вақтида учиб кетолмади  4 15:21"Машъал"ни Суперлигада олиб қолган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:03"ЎФФ Президенти кубоги" мусобақасида 4-тур учрашувлари ортда қолди  0 14:31"Қўқон-1912"ни Суперлигада олиб қолган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:11Эшитдик-да! Ўзбекистон Португалия билан ўйнамайди  30 13:48Колумбия ЖЧда Осиё жамоаларига қарши 3 марта ўйнаган  19

Lima Kruz: "Nasaf"ni tark etishim? SHartnomam bor ekan jamoaga oxirigacha yordam beraman" Yangiliklar

Lima Kruz: "Nasaf"ni tark etishim? SHartnomam bor ekan jamoaga oxirigacha yordam beraman"

Teglar :  NasafLima Kruz
Bir necha kun oldin saytimizda "Nasaf"ning braziliyalik hujumchisi Lima Kruzning yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi haqida xabar bergan edik.

Mazkur vaziyatga yanada aniqlik kiritish maqsadida Limaning o'zi bilan bog'landik. 

"Nasaf"ning legioner hujumchisi ham jamoani tark etadi

- OAVlarda chiqqan xabarlarga munosabatingizni bildirsangiz?

- Bilmadim. Bu menga bog'liq emas. CHunki "Nasaf" bilan shartnomam bor. SHunday ekan qo'limdan kelgancha hamma ishni qilaman, jamoaga yordam beraman. 

- Bu yilgi mavsum "Nasaf" uchun muvaffaqiyatsiz boshlandi. Jamoa so'nggi o'yinlardan so'ng yana raqobatga kirishdimi?

- Mavsum odatdagidek boshlanmadi, deya olaman. Bunday holat har bir jamoada bo'ldi. Nafaqat biz balki qolganlar ham sovrinli o'rinlarga kurashadi. Maqsadimiz yo'lida ishlashda davom etamiz. 

- O'tgan yili O'zbekiston kubogi finalida "Navbahor"ga urgan golingiz eng muhimimi? Bu yil nima etishmayapti?

- Gol ayni kerakli vaqtda urilgandi. Muxlislar, barcha xursand bo'lgan. O'shanda kubokka munosib edik.  Statistikaga kelsak, bu yil qizil kartochka nohaq berildi. Bu vaziyatni hamma ko'rgan. Raqamlar jamoamiz o'yindan o'yinga o'sayotganini ko'rsatmoqda. Biz hali yana kuchayamiz.

- Bu yil Superligada eng qiyin uchrashuv qaysi bo'ldi?

- Har bir raqibga qarshi o'yin qiyin bo'lyapti. Jamoalarga bizga qarshi ikki hissa kuch bilan o'ynamoqda. Oson bo'layotgani yo'q. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика