"Lill" Nyubelni ikki mavsumga ijaraga olmoqchi
11 may 2021 10:16
Yangiliklar
"Lill" Nyubelni ikki mavsumga ijaraga olmoqchi
Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Aleksandr Nyubel faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Maks Bilefeldning malumotiga ko'ra, "Lill" "Bavariya"ga Nyubelni ikki mavsumga ijaraga olish bo'yicha taklif berdi. Darvozabonning xizmatlariga shuningdek "Monako" va Dortmundning "Borussiya" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Qayd etish kerakki, Aleksandr Germaniyadan tashqariga chiqmoqchi.
24 yoshli nemis darvozaboni joriy mavsum "Bavariya" tarkibida barcha musobaqalarda 3ta o'yinda maydnoga tushib, o'z darvozasidan 2ta to'p olib chiqdi.
Nyubelning Myunxen klubi bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan, transfermarkt uni 6,5 million evroga baholamoqda.
Fikrlar