"Lill" 37 yoshli futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
16 iyu 2021 22:51
Yangiliklar
"Lill" 37 yoshli futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
"Lill" o'z rasmiy saytida himoyachi Joze Fonte bilan shartnomaning uzaytirilganligini malum qildi.
37 yoshli futbolchi yana bir mavsum davomida klub sharafini himoya qiladi. Fonte 2018 yili "Lill"ga ko'chib o'tgandi. 114 uchrashuv davomida futbolchi o'z hisobiga 8 gol va 3 assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda futbolchi jamoasi tarkibida chempionlikni qo'lga kiritdi.
Fikrlar