Liga1'da ilk marta ayol referi ishlaydi

Mirjalol Normatov
23 apr 2019, 21:59
Fransiya futbol federatsiyasi Liga 1'ning 34-turi doirasidagi o'yinlarni boshqaradigan hakamlar ro'yxatini e'lon qildi.

"Amen" va "Strasbur" jamoalari o'rtasidagi o'yinni Stefani Frappar boshqarib boradigan bo'ldi. U ushbu turnirda hakamlik qiladigan ilk ayol referiga aylanadi.

Frappar Liga 1'dagi faoliyatini 2014 yilda boshlagandi. U Fransiyada o'tadigan ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida ham ishlaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Ligue 1