So’nggi yangiliklar

14:21АПЛ жамоалари "Шахтёр" ярим ҳимоячисига даъвогар  0 13:55Ўзбекистон U-23 термасининг Саудия Арабистонига қарши тахминий таркиби билан танишинг  37 13:50Футзал бўйича Осиё Кубоги. Афғонистон Ироқни уйига кузатиб қўйди  4 13:22Шенсни "Ювентус" билан шартномасини узайтиришдан бош тортди  2 12:58"Челси" вингерини маълум шартлар асосида қўйиб юборишга тайёр  3 12:31"Милан" "Штутгарт" етакчисига қизиқиш билдиряпти  0 12:05Ши Таэ Йонг: "Ўзбекистон ва Саудия учрашувини стадиондан томоша қиламан. Корея мусобақани эрта тарк этгани учун бироз хафаман"  9 11:40"Интер" эгалари ўзгариши мумкин  1 11:16"Бавария", ПСЖ ва АПЛ клублари Меньян ва Теога қизиқишмоқда  1 10:50“Ливерпуль” ва “Арсенал” 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 10:30Жанубий Кореяни уйига жўнатган Индонезия ОТЖ ким бошқараётганини биласизми? (Мутолаа учун)   6 10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  2 09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  17 08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  12

"Paxtakor" - O'zbekiston Liga Kubogi sohibi! Trebl! Yangiliklar

"Paxtakor" - O'zbekiston Liga Kubogi sohibi! Trebl!

O'zbekiston Liga kubogi finali-2019 doirasida AGMK va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

Liga Kubogi, final

AGMK — "Paxtakor" 2:6

Gollar: Jasur Umarov (64), Murod Toshmatov (86) - Igor Sergeev (5), Dragan CHeran (42, 67), Doston Hamdamov (50, 55), Xojiakbar Alijonov (78)


Toshkent shahri, "Paxtakor" stadioni.
Hakamlar
: Ilgiz Tantashev, Husniddin SHodmonov, Aleksandr Burov, Elyor Tursunov
Nazoratchi: Bobur Haydarov.

AGMK (5-4-1) — 32.Suhrob Sultonov - 23.Akmal SHorahmedov, 88.Igor Zonich, 33.Sardor Rahmonov, 44.Bobur Yo'ldoshev (18.Rasul Yo'ldoshev, 63), 20.Mirg'iyoz Sulaymonov - 11.Zohir Pirimov, 3.Erkin Baydullaev, 30.Jasur Umarov - 7.Elguja Grigalashvili (17. Murod Toshmatov, 58) - 9.Zafar Polvonov (15.Jasur Hakimov, 78).
Zaxira
: 12.Roman Abdulov, 4.Mirjamol Qosimov, 5.Dilshod Jo'raev, 8.Sanat SHixov, 77.Vladislav Kasminin, 99.SHahzod Nurmatov.

"Paxtakor" (4-2-3-1) — 35.Sanjar Quvvatov - 3.Xojiakbar Alijonov, 23.SHerzod Azamov, 15.Egor Krimec (55. Marko Simich, 78), 34.Farruh Sayfiev - Humoyunmirzo Iminov, 27.Sardor Sobirxo'jaev - 17.Doston Hamdamov (19.SHohruh Mahmudhojiev, 78), 10.Dragan CHeran, 9.Jaloliddin Masharipov - 11.Igor Sergeev (21. Marat Bikmaev, 70).
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 5.Alisher Salimov, 13.Ruslan Roziev, 29.Vladimir Kozak, 43.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 77.Husniddin G'ofurov.


- O'yin yakunlandi. "Paxtakor" ilk marta o'tkazilgan O'zbekiston Liga Kubogi sohibi!

90. Ilgiz Tantashev ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berdi.

90. Sultonovdan seyv. Masharipovning standart vaziyatdan bergan zarbasini AGMK posboni bartaraf etdi.

86. GOOOOLL!! Toshmatov hisobni qisqartirdi. Akmal SHorahmedovning jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'pi Murod Toshmatovga kelib tushdi. U esa zarbada adashmadi.

84. AGMK hujumchisi Jasur Hakimovning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasiga birozgina aniqlik etishmadi. Hisob qisqarishi mumkin edi.

78. GOOOOL!! Xojiakbar Alijonov ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ymoqda. Sultonovni aldab o'tgan "Paxtakor" himoyachisi raqib darvozasini qiyinchiliksiz ishg'ol qildi.

74. Marat Bikmaev o'z omadini sinab ko'rdi. Ammo, uning bergan zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

67. GOOOL! "Paxtakor" yana qarshi hujumda raqibni jazolamoqda. Bu safar ham CHeran katta sahnaga chiqdi. Sergeevning pasidan so'ng Dragan aniq zarba bilan hisobni 1:5 ko'rinishiga olib keldi.

64. GOOOOOLL!! AGMK futbolchisi Jasur Umarov jarima maydonchasi ichida yuqoridan kelayotgan to'pni erga tushirmasdan Quvvatov darvozasiga aniq yo'lladi. Hisob qisqardi. 1:4

62. Igor Sergeev yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi, darvozabonni aldab o'tgan Igordan AGMK futbolchisi to'pni olib qo'ydi.

55. GOOOOOOL!!! Hamdamovning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan ajoyib zarbasi hisobni 0:4 ko'rinishiga olib kelmoqda.

50. GOOOOOOL!! "Paxtakor" qarshi hujumdan unumli foydalandi. Masharipovning sherigiga uzatgan ajoyib pasidan so'ng birga-bir vaziyatda chiqib ketgan Hamdamov zarbada adashmadi. 0:3 (!)

49. Xavfli vaziyat! Elguja Grigalashvilining jarima maydonchasiga kiraverishda bergan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

46. Ikkinchi bo'limga start beruvchi hushtak yangradi.


TANAFFUS

46. O'yinning birinchi bo'limiga bosh hakam Ilgiz Tantashev tomonidan 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Uxxx! "Paxtakor" qanot himoyachisi Xojiakbar Alijonovning uzoq masofadan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi. Hisob yiriklashishi mumkin edi.

42. GOOOOOLL!! "Paxtakor" o'yinchisi Dragan CHeranning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan mukammal zarbasi Suhrob Sultonovni ojiz qoldirdi. 0:2

40. Masharipovning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasini Suhrob Sultonov qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

38. "Paxtakor" ko'proq to'p bilan muomala qilmoqda, AGMK esa qarshi hujumlarga ko'proq urg'u bermoqda.

31. Xavfli vaziyat! Alijonovning jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'piga Sergeev ulgurmadi. Masharipov o'ziga kelib tushgan to'pni esa deyarli bo'sh darvozaga kirita olmadi.

30. Navbatdagi sariq kartochka AGMK futbolchisi Jasur Umirovga raqib o'yinchisi Humoyunmirzo Iminovga qarshi qo'polligi uchun ko'rsatildi.

23. VAR. Biroz avval "Paxtakor" futbolchisi Egor Krimecga sariq kartochka ko'rsatilgan edi. VAR xonasida bo'lib turgan muxbirlarimizning xabariga ko'ra, Egor to'pga birinchi bo'lib tekkan, keyin esa oyog'i bilan raqibga zarba berib yuborgan. SHunday ekan, bu vaziyat qizilga tortmas edi.

17. Dastlabki 10 daqiqadagi "Paxtakor"ning ustunligidan so'ng AGMK ham xavfli hujumlar tashkil etishga urinmoqda.

11. O'yindagi ilk sariq kartochka "Paxtakor" sardori Egor Krimecga ko'rsatildi. U AGMK futbolchisi Zohir Pirimovga qarshi qo'pollik ishlatgan edi.

8. Hakamlar sinov tariqasida ushbu uchrashuvda VARdan foydalanishmoqda. Hozircha offlayn rejimda.

5. GOOOOL!! Igor Sergeev. O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi birga-bir vaziyatdan unumli foydalangan holda hisobni ochdi. 0:1

3. Burchak zarbasidan so'ng to'p jarima maydonchasi ichida yana Sergeevga kelib tushdi, ammo Igorning bergan zarbasini AGMK darvozaboni Suhrob Sultonov qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

2. Himoyachilarning xatosidan so'ng Jaloliddin Masharipovga tekkan to'p Igor Sergeevga kelib tushdi. Hujumchi esa qulay imkoniyatdan foydalana olmadi, Sultonov o'z o'rnida.

1. O'yin boshlandi!


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- O'FA terma jamoalar bo'limi boshlig'i Aziz Haydarov va O'zbekiston Liga Kubogi g'olibiga beriladigan sovrin.

- Assalomu alaykum "Championat.asia" sayti kuzatuvchilari. Birozdan so'ng boshlanadigan AGMK va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston Liga Kubogi final o'yinini siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика