So’nggi yangiliklar

09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  0 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  2 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  7 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  8 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3

Liga 1. Yangi mavsumning dastlabki o'yini (Prevyu) Yangiliklar

Liga 1. Yangi mavsumning dastlabki o'yini (Prevyu)

Teglar :  Lion MonakoLiga 1
Franciya chempionatining ochilish uchrashuvida, "Monako" o'z maydonida "Lion" jamoasini qabul qiladi.

Bu ikki klub o'tgan mavsum umuman boshqa-boshqa darajada harakat qilishgan. "Lion" PSJ va "Lill"dan so'ng Liga 1da 3-o'rinni olgan bo'lsa, "Monako" quyi ligaga tushib ketish zonasidan 2 ochko ko'p to'plagan holda, arang jon saqlab qoldi. 


MONAKO


"Monako" o'tgan mavsum mag'lubiyatlar girdobida qolib ketishdi. Qishki transfer oynasidan so'ng ham bu holat davom etaverdi. Ko'plab yaxshi darajadagi futbolchilar jamoaning g'alaba yo'lini ochish maqsadida qo'shilishdi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchrashdi. Klub Jardimning o'rniga Terri Anrini bosh murabbiy etib tayinladi, ammo 4 oy o'tar-o'tmas bu qaror noto'g'ri bo'lganini monegaskliklar rahbariyati tushunib etdi. Natijada, Leonardo Jardim jamoaga qaytdi. Bu qaror oz bo'lsa-da o'zini oqladi va "Monako" xavfli zonada bazo'r qutulib qoldi. Iqtidorli jamoa va murabbiy bir maqsad yo'lida birlashishlari kerak. Albatta ularda Franciya klublarining top-3 yoki beshtaligida bo'lish uchun katta salohiyat mavjud. Mavsum oldi ular Liga birga tayyorlanish uchun juda ko'p o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishdi. Dastlabki 4 ta o'yindan uchtasida mag'lubiyat qayd etildi va har o'yinda kamida 1 ta gol o'tkazib yuborildi. SHunga qaramay, ularning so'nggi o'yinlarida bir muncha mudofaada kuchli harakat qilishdi ("Valensiya", "Portu", "Samdoriya" ustidan g'alaba). 


06.07.19  Serkl Bryugge - Monako 1:4

07.07.19  Lokeren - Monako 5:0 

13.07.19  Lozanna - Monako 2:1

19.07.19  Monako - Everton 0:1

20.07.19  Valensiya - Monako 0:1

25.07.19  Braga - Monako 0:0


Yozgi transfer oynasida "Monako" qilgan katta xarid bu Jelson Martinsh bo'ldi. U "Atletiko" safidan 35 mln evro evaziga kelib qo'shildi. Belgiyalik yarim himoyachi Yuri Tielamans esa "Lester" klubiga borib qo'shildi. Ertangi o'yinni Stevan Yovetich, Daniel Subashich va Uillem Gubbels singari futbolchilar jarohat bois tribunadan kuzatishadi.   


LION


"Lion"da esa vaziyat boshqacha bo'ldi. Ular o'tgan mavsum ishonchili futbol namoyish etishdi va Liga 1 etakchilari orasida bo'lishlari lozimligini ko'rsatishdi. 21-turdan so'ng hech qaysi klub lionliklardan 3-o'rinni tortib ola bilmadi. UEFA CHempionlar ligasida ham kuchli xarakater ko'rsatishdi. Guruhda mag'lubiyatsiz seriya va faqat pley-off o'yinida "Kamp Nou" stadionida mag'lubiyat. Franciya kubogida esa finalga qadar etib borib, "Renn" klubiga imkoniyat boy berildi. Bruno Genesio bosh murabbiy siftida so'nggi 4 yil davomida "Lion" uchun ko'p foydali ishlar qildi. U 1985-1995 yillarda aynan shu klubda futbolchi sifatida to'p tepgan. Keyinchalik murabbiylik sohasida ham muvaffaqiyatli ishlashni ko'zlagan Bruno 2015-2019 yillarda "Lion" bilan yaxshi natija ko'rsata oldi (bir necha bor Liga 1 da sovrindor va Evropa ligasining 2016/2017 yilgi mavsumida yarim finalga qadar etib bordi).



Genesio "Beyjing Goan"ning bosh murabbiyi etib tayinlandi. "Lion" boshqaruv rulini esa "Barselona", "Arsenal" va "Manchester Siti" jamoalarining sobiq futbolchisi Silvino qo'lga oldi.  

Emirates Cup Final musobqasida "Arsenal" ustidan qozonilgan g'alabani aytmasa, yangi ustozning qadamini qutlug' keldi deb aytib bo'lmaydi. CHunki, "Lion" qolgan barcha o'rtoqlik bahslarida kamida 2 ta gol o'tkazib mag'lubiyatga uchradi. 


13.07.19  Lion - Servett 1:2

20.07.19  Lion - Jenoa 3:4

28.07.19  Arsenal - Lion 1:2

31.07.19 Liverpul - Lion 3:1

03.08.19 Bornmut - Lion 3:0

Yozgi transfer vaqtida Mariano Dias va Uillem Gubbelslar jamoani tark etishdi. Tanguy Ndombele va Mussa Dembele singari futbolchilar "Lion" safiga kelib qo'shildi. 


Jamoalarning so'nggi 10 qarama-qarshiligi


Franciya chempionati 2019/2020 mavsumining dastlabki o'yini 9 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi. 


Franciya chempionati 2019/2020

1-tur, ilk o'yin

"Monako" - "Lion"

Lui II» (Monako) stadioni

Bosh hakam: Buke Ruddi (Amen)

 

Monaco

Ligue 1 . 1-tur

10/08/2019, 00:45

3
:
0
Tugadi

Lyon

Moussa Dembele - 5', Memphis Depay - 36', Lucas Tousart - 80'

Stadion: Stade Louis II, Monaco, 12663 tomoshabin

Bosh hakam: Ruddy Buquet

45'
90'
27'  Cesc Fabregas
30'  Cesc Fabregas
33'  Diego Benaglio
46'  Lyle Foster (Gabriel Boschilia)
54'  Fode Ballo-Toure
74'  Benjamin Henrichs (Adama Traore)
80'  Rony Lopes (Moussa Sylla)
5'  Moussa Dembele
5'  Bertrand Traore
33'  Houssem Aouar
36'  Memphis Depay
36'  Thiago Mendes
63'  Leo Dubois
77'  Houssem Aouar (Jean Lucas)
80'  Lucas Tousart
80'  Thiago Mendes
83'  Bertrand Traore (Maxwel Cornet)
86'  Youssouf Kone (Kenny Tete)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика