Liga 1 yangi mavsumida ishtirok etadigan barcha klublar malum
30 may 2021 23:50
Yangiliklar
Liga 1 yangi mavsumida ishtirok etadigan barcha klublar malum
“Nant” Franciya yuqori divizionida qoldi.
Jamoa pley-offning ilk bahsida “Tuluza”ni 2:1 hisobida engdi, javob uchrashuvida esa 0:1 natijasi bilan yutqazdi. Antuan Kombaure shogirdlari safarda urilgan gol evaziga Liga 1'da 2021/22 yilgi mavsumida ham qatnashadigan bo'ldi.
Liga 2'dan ko'tarilganlar – “Trua”, “Klermon”
Pley-offda g'alaba qozondi – “Nant”
O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra quyi divizionga tushib ketganlar – “Nim”, “Dijon”.
Eslatib o'tamiz, Franciya chempionati yangi mavsumi 7 avgust kuni boshlanadi va 2022 yil 21 mayiga qadar davom etadi. Musobaqaning amaldagi chempioni "Lill" hisoblanadi.
Fikrlar