Liga 1 va Canal+ mavsumning erta yakuni sabab shartnomani bekor qilishdi

Alisher
1 may 2020, 17:41
Fransiyada futbol mavsumining erta tugashi ko'plab kelishuvlarni ham bekor qilmoqda.

Fransiya professional futbol ligasai (LFP) va Canal+ telekanallari Liga 1 va Liga 2 chempionatlarining erta yakunlangani sabab translyatsiyalar bilan bog'liq shartnomani bekor qilishdi.

Kanal prezidentining xabar berishicha, shartnoma bo'yicha to'lovlar endi amalga oshirilmaydi. Liga 1 va Liga 2'ni namoyish etuvchi Canal+ va beIN Sports telekanallari mavsum so'nggiga qadar 243 million evro to'lashlari kerak edi.

Canal+ kelasi mavsumning imkon qadar tezroq boshlanishiga umid qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L`Equipe