Liga 1. PSJ Tuxel qo'l ostida bunday natijani ilk bor qayd etdi
21 dek 2020 09:43
Yangiliklar


Liga 1. PSJ Tuxel qo'l ostida bunday natijani ilk bor qayd etdi
PSJ Liga 1 16-turi doirasida “Lill” bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi.
Parijliklar jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel qo'l ostida ilk bor Liga 1 doirasida 0:0 hisobida durang o'ynadi. PSJ Tuxel qo'l ostida hozirga qadar 81 ta o'yin o'tkazgan. PSJ so'nggi bor Liga 1 doirasida 2018 yil mayida “Kan” bilan 0:0 hisobini qayd etgandi. O'shanda jamoani Unai Emeri boshqarardi.
Liga 1 16-turidan so'ng PSJ musobaqa jadvalida 3-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar