So’nggi yangiliklar

00:41Эрлинг Холанд: "Гвардиола энг яхши мураббий, балки тарихдаги энг зўридир"  0 00:14"Челси"нинг "биллур" футболчиси яна сафдан чиқди  0 23:43Нодир Абдураззоқов: "Энди мавсумни чиройли якунлашимиз ва оғзимиздаги ошни олдириб қўймаслигимиз керак"  5 23:19Хави "Интер Майами" бош мураббийи бўладими? Инсайдерлар маълумот беришди  0 22:49АПЛ клублари сўнгги 10 йилликда трансферлар учун қанча ишлатишди?  0 22:22"Ювентус"га "Челси" футболчиси керак  0 21:57Нико Уильямс болалигидаги кумирлари ким бўлганини айтди  5 21:34Максим Шацких: "Черан, Собирхўжаев борасидаги саволлар менга берилмасин. Бу мавзу ёпилган"  19 20:57Миржалол Қосимов: "Натижадан ҳам ўйиндан ҳам қониқдим"  3 20:36Суперлига. ОКМК "Жар"да "Пахтакор"ни мағлуб қилди  6 20:25"Пахтакор" кумуш медаллар учун курашдан чиқди  10 20:06Суперлига. ОКМК ВАР томонидан 13 дақиқа текширилган ҳамда япониялик футболчи томонидан урилган голлар эвазига 11 йилдан сўнг сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди  60 19:50Гари Невилл АҚШда дам олган Рэшфорд ва Каземирони танқид қилди  3 19:21"Реал" январда Эндрикни ижарага бермайди  0 18:59Жоау Канселу: "Ҳар доим "Барселона"га мухлислик қилганман"  2

"Liepaya" bilan evrokuboklarga chiqmoqchimiz" - Denis Ivankov Evropaga qanday qilib borib qoldi? Yangiliklar

"Liepaya" bilan evrokuboklarga chiqmoqchimiz" - Denis Ivankov Evropaga qanday qilib borib qoldi?

O'zbek futbolida ichki chempionatimizda faoliyat olib borayotgan murabbiylarning xorij jamoalariga yo'l olishi kam kuzatiladigan holat hisoblanadi.

"Nasaf", "Paxtakor" va O'zbekiston terma jamoasidagi faoliyati bilan tanish hisoblangan Denis Ivankov Latviyaning "Liepaya" klubi bilan shartnoma imzoladi. Murabbiydan yangi jamoasi va boshqa mavzularda suhbatlashdik. 

- Terma jamoa sobiq murabbiyi va unga befarq bo'lmagan mutaxassis sifatida Osiyo Kubogidagi chorak final uchrashuvidan qanday xulosalar oldingiz?

- O'zbekistonning Osiyo Kubogidagi natijasini yomon demagan bo'lar edim. Har bir chiziqda jarohat olib safdan chiqqan etakchi futbolchilar bor edi. Osiyo Kubogi oldidan SHomurodov keyinchalik Sergeev, Aliqulov yordam bera olmadi. Bu albatta afsuslanarli holat. Bu nima bilan bog'liqligini bilmayman. Tarkibimiz to'liq bo'lganida ishonchim komilki finalga chiqa olar edik. SHunday bo'lsada mavjud tarkibdan kelib chiqib yomon natija qayd etmadik, deb o'ylayman. 

- Bunday qisqa muddatdagi o'yinlarda penaltilar seriyasiga qanday tayyorlanish kerak? Fikrimcha, shu kuni Katanecda penaltilar seriyasi uchun rejasi yo'q edi...

- Penaltilar seriyasiga kelsak, jamoa guruhdan chiqqach qolgan o'yinlardan oldin mashg'ulotlarning qaysidir qismini penaltilar uchun ajratishi kerak. O'zbekiston tayyorlanganmi yoki yo'q bilmayman. Bu haqida O'tkir Yusupov va boshqalar bilan gaplashganim yo'q. Lekin Katanecdek tajribali murabbiyda bunday vaziyat uchun reja bo'lishi kerak edi. 

- Darvoza chizig'ida 2,5 yil ichida raqobatni shakllantirmagani O'tkir Yusupovning zarariga ishlamadimi?

- O'tkir Yusupovning "ogorodi"ga "tosh" otmoqchi emasman. Lekin raqobat muhitini hosil qilish, darvoza chizig'ini tartibga solish terma jamoa va klubdagi murabbiylarga bog'liq narsa. Raqobatsiz hech narsaga erisha olmaydi. Futbolchi yonida raqobatchisi borligini his qilishi kerak. Bu esa ruxiy tayyorgarlikka tasir qiladi. U jismonan tayyor bo'lishi mumkin. Lekin raqobatning yo'qligi ruhiyatga baribir tasir qiladi. Bu nafaqat Yusupov balki qolgan darvozabonlarga ham tegishli. Jamoada hech qanday rotaciyalar amalga oshirilmadi. O'tgan mavsumda Sanjar Quvvatov munosib bo'lsa ham o'sha darvozabonlar chaqirilaverildi. Quvvatov klubda barqaror va yaxshi mavsum o'tkazdi. Yana qaytaraman bu ish bilan terma jamoa murabbiylari shug'ullanishi kerak. 

- Keling yangi jamoangizga to'xtalsak. "Liepaya"ga qanday qilib borib qoldingiz?

- Latviya klubidan aniq taklif bo'ldi. Yakunda shartnoma imzoladik. 

- Muzokaralar jarayoni qanday kechdi? SHaroitlar qoniqtiryaptimi? CHunki ishlagan joyingizda maksimal talab qiladigan murabbiysiz...

- Klubga keldim. Rahbariyat bilan muzokaralar olib bordik. SHaroitlar qoniqtirdi. Ishlash uchun barcha narsa bor. Ajoyib murabbiylar shtabi bilan ish olib boryapmiz. Klub prezidenti futbolni yaxshi ko'radi va jamoani qo'llab-quvvatlamoqda. 

- "Liepaya" bilan necha yillik shartnoma imzoladingiz?

- Klub bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekdik. Birgalikda yaxshi natijalar qayd etishimiz va oldinga qarab intilishimiz lozim. 

- O'zbekiston chempioni "Paxtakor"dan Latviyaning 5-o'rindagi jamoasiga bordingiz. Mazkur masalada ikki klubni bir-biri bilan solishtira olasizmi?

- "Liepaya" o'tgan mavsumda 5-o'rinni qo'lga kiritdi. Evrokuboklarga yo'llanma olish uchun 2 ochko etishmadi. Bu yilgi maqsadimiz evrokuboklarga chiqish. "Paxtakor" esa o'zbek futbolining bayroqdori va brendi. "Liepaya" Latviyadagi darajasi past jamoa emas. Bu klubni nafaqat Latviyada balki Evropada ham bilishadi, hurmat qilishadi. Latviya chempionatida ishlash hali nasib qilmadi. SHu bois solishtira olmayman. Buning uchun biroz bo'lsada ko'nikma, taassurotga ega bo'lishim kerak. 5 mart kuni chempionat boshlanadi. Aprel oylarida bu haqida sizga o'z fikrlarimni bildira olaman. 

- Savolim Otabek Boymurodov haqida. O'z yosh toifasida Osiyo Kubogida tengsiz bo'ldi. Jahon chempionatida qatnashdi. Klublar darajasida unga nima etishmayapti?

- Otabek Boymurodov salohiyatli darvozabon. Otabek oxirgi yillarda olib borgan ishimizni to'g'ri yo'nalishda davom ettirishi kerak. Bejiz Osiyo Kubogida eng yaxshi darvozabon bo'lmadi. Unda beli bilan bog'liq muammolari bor edi. Otabek va boshqa darvozabonlarga omad tilayman. O'ylaymanki, u ishlashda davom etsa, o'z klubida etakchi darvozabon bo'la oladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика