"Lids" yangi bosh murabbiyini malum qildi
01 mar 2022 00:51
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/685200_original.jpg)
![](/upload/storage/685200_220.jpg)
"Lids" yangi bosh murabbiyini malum qildi
"Lids" o'z rasmiy saytida Jessi Marsh jamoaning yangi bosh murabbiyi bo'lganini malum qildi.
Oldinroq klub Marselo Belsani istefoga chiqargandi. Uning qo'l ostidagi jamoa so'nggi 4 o'yinning barchasida mag'lub bo'lib, darvozasidan 20ta gol o'tkazib yubordi.
Belsa 2018 yildan buyon "Lids"ni boshqarib kelayotgandi. Belsa bilan jamoa 16 yil deganda ilk marta APLga qaytdi.
Marsh 2021 yilning 1 iyulidan 5 dekabriga qadar "Leypcig"ni boshqargandi. Uning davrida "buqalar" atigi 38 foiz ochko jamg'argandi.
Ayni damda "Lids" APLda 23 ochko bilan 16-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar