So’nggi yangiliklar

11:10"Манчестер Сити" АПЛ стартига қадар таркибни қисқартирмоқчи  2 10:35Сергей Лушчан: "Мен фамилияга эътибор бермайман, ўйинчиларнинг ҳаракатини кузатаман"  5 10:13Миржалол Қосимов: "ФИФА кунлари жамоамиз фойдасига ишламади"  1 09:30Саудия Арабистони? Месси келажаги борасида бир қарорга келди  5 09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  0 08:35Янги мавсум совриндорлари катта миқдордаги пулга эга бўлишади. ЎФФ Ижроия қўмитасининг навбатдан ташқари йиғилиши бўлиб ўтди  3 08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  2 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  8 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  31 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  10 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  89

"Lids" futbolchisi Den Jeyms hayotidan qiziq voqea: "Kunni Manchesterdagi tug'ruqxonada o'tqazib, keyin vertolyotda Londondagi stadionga uchib kelgan" Yangiliklar

"Lids" futbolchisi Den Jeyms hayotidan qiziq voqea: "Kunni Manchesterdagi tug'ruqxonada o'tqazib, keyin vertolyotda Londondagi stadionga uchib kelgan"

Ammo o'g'liga ism topib ulgurmadi.

Liga Kubogi uchinchi bosqichida Marselo Belsaning "Lids" jamoasi "Fulxem" bilan kuch sinashdi (hozir jamoani "Everton"ning sobiq ustozi Marku Silva bolshqarmoqda). O'yinda hisob ochilmadi va ish penaltilar seriyasigacha etib bordi, "lotoreyada" esa omad Belsa shogirdlariga kulib boqdi – 6:5 "Lids" keyingi bosqichga yo'l oldi.

90 daqiqa ter to'kkan va seriyada gol urganlardan biri klubning yangi futbolchisi, yozda MYUdan ko'chib o'tgan Deniel Jeyms bo'ldi. Uelslik o'yinga ikki soat qolganida stadionga etib keldi. Aniqrog'i, uchib keldi!

O'yin kuni 23 yoshli Jeyms Manchesterdagi tug'ruqxonada ayoli Rianing yonida bo'ldi. Bolakay biroz keyin, 12 soatdan so'ng dunyoga keldi, o'yinga 4 soat qolgandi (Manchesterdan Londonga mashinada to'rt soatlik yo'l, futbolchilar esa o'yinga bir soat qolganida stadionda bo'lishlari zarur), shu sabab Jeyms mashina o'rniga vertolet yolladi: unda bir soatda manzilga etib olish mumkin.

Deniel shunchalik shoshganidan, ayoli bilan suhbatlashish uyoqda tursin, o'g'liga ism ham qo'yib ulgurmadi. "O'g'lim kunduzi dunyoga keldi, Manchesterda qolishimga ruxsat bergani uchun murabbiyga alohida rahmat, — o'yindan keyin xursandchiligi bilan o'rtoqlashardi Jeyms. – SHunchaki ajoyib kun, biz murabbiy bilan men baribir maydonga tushishim haqida kelishib olgandik. SHunchaki qolganlardan kechroq bo'lsa ham, stadionga kelishim kerak edi. Lekin hamisha jamoaga borimni berishga tayyorman. Vertolyotdan foydalanishga to'g'ri keldi, bo'lmasa ulgurmasdim. O'zgacha kun va undagi voqealar ham hayotimning ajoyib sahifasi bo'lib qoladi".

Jeyms butun o'yinni maydonda o'tkazdi va foydali harakat qildi: o'ziga nisbatan 4 ta fol ishladi, 2 marta to'pni olib qo'ydi va muntazam ravishda raqib himoyasiga bosim uyushtirdi. "Endi Deniel bizning safimizda va bu juda ajoyib. Bizga aynan u kabi tezkor va kutilmagan qarorlar qabul qila oladigan futbolchi etishmasdi. Jeyms bu rolga mos keladi", — mamnun gapirgandi Belsa futbolchi transferi rasmiylashtirilgach.


Belsa Jeymsdagi ishtiyoqdan hayratda. "MYU" uni Ronaldu va Sancho kelgani uchun sotib yubordi

"MYU" Jeymsni o'tgan qishdayoq ijaraga berib yubormoqchi edi: yanvarda "Lids" klub bilan deyarli kelishgandi, lekin oxirgi pallada kelishuv barbod bo'ldi. "Xabaringiz bor, Deniel bu erga yanvarda kelmoqchi edi, biroq endi etib keldi, —  degandi Belsa. — Nazarimda klub uni qo'lga kiritish uchun barcha zarur ishni qildi. Ammo kelishuv qiyinlashib ketdi".

Yozda "MYU" Ronalduni qaytardi va Sanchoni sotib oldi. SHunday ekan, uelslik uchun tarkibda joy qolmadi. Sulsher fevral oyidagi intervyulardan birida shunday degandi: "Deni mashg'ulotlarda katta ko'lamdagi ishni bajardi. Biz hech qachon Jeyms haqida unutmaganmiz, u astoydil ter to'kadi. — U mashg'ulot zalida ham, maydonda ham tinmay mehnat qiladi, unga hech qanday etirozim yo'q".

2019 yil tatildan ham voz kechib, o'zi uchun kuchaytirilgan yig'in tashkillashtirdi — barchasi Sulsher etiborini qaratish uchun. Bu orada Belsa Jeymsni kuzatishda davom etardi. Yanvardagi omadsizlikdan so'ng, Marselo yozda transferni rasmiylashtirishni avvaldan kelishib qo'yishni so'radi. Avgustda Denielga "Liverpul" ko'z tikkani haqida mish-mishlar tarqala boshladi. Bu gaplar "Lids" ustoziga umuman yoqmadi va u rahbariyat bilan uchrashdi. Oradan bir oy o'tib, kelishuv haqida rasman elon qilindi. "Lids" taxminan 25 million mablag' to'lab berdi.

"Menga shunday futbolchi kerakligi, hech kim uchun sir emas, — keyinroq tushuntirardi Marselo. — Jeyms hujumda katta yordam beradi, uning mehnatkashligi esa kelajagi porloq bo'lishi uchun zamin hozirlaydi. Uning iqtidoriga shubha qilmayman, u har ikki qanotda o'ynay oladi. Deniel "Lids"ni kuchliroq qila oladi.


Jeyms ikki yil avval "Lids"ga deyarli o'tgandi. U hatto klub futbolkasi bilan suratga tushgan

Jeyms rasman yangi klubga o'tgach, 2019 yil yanvar oyida Den deyarli "Lids"ga ko'chib o'tganini eslashdi. U o'sha paytlar Grem Potter qo'l ostidagi "Suonsi"da muvaffaqiyatli harakat qilardi, ammo transfer oynasi so'nggi kunida "Lids"ga o'tishga rozi bo'lgan. Klublar transfer summasi borasida kelishib olishgan (10 mln), Jeyms "Lids" bazasiga kelib, tibbiy ko'rikdan o'tib, o'ziga raqam tanlagan, futbolka bilan rasmga tushishga ham ulgurgandi. Biroq keyin "Suonsi" vakillari aloqaga chiqmay qo'yishdi — rahbariyat vakillari o'rtasida bu transfer borasida kelishmovchilik bahsli vaziyat yuzaga kelgandi. Jeyms yakunda "Suonsi"da qoldi, oradan yarim yil o'tib "MYU"ga yo'l oldi.

Dramatik syujetlar vingerni muntazam hamrohi, lekin endi u aniq "Lids"da, buyog'iga nimalar bo'lishini vaqt ko'rsatadi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика