"Lids" "Chelsi" forvardi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
15 avg 2020, 12:05
Belgiyalik to'purar Belsa jamoasida ko'rinish berishi mumkin.

"Chelsi" hujumchisi Mishi Batshuayi faoliyatini "Lids"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda ingliz nashlari yozmoqda.

Debyutant jamoaning bosh murabbiyi Marselo Belsa Batshuayi bilan "Marsel"da ishlagan. Mishi 2016 yilda "Chelsi"ga 39 million evro evaziga o'tgandi.

"Chelsi" forvardining ayni damdagi transfer narxi 14 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mirror.co.uk