So’nggi yangiliklar

11:22Постекоглу: "Биз жароҳат туфайли ҳаттоки таржимонимни ҳам йўқотдик"  1 11:09Бизга "Юлдузлар фабрикаси" ярашади  7 10:26"Бунёдкор" ярим ҳимоячиси "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Бугун U-17 Осиё кубогига қуръа ташланади  1 09:35"Ал Аҳли" Винисиус Жуниор учун 350 миллион евро таклиф қилишга тайёр  8 09:05“Машъал” жамоасининг украиналик ёрдамчи мураббийи Микола Тишченко клубни тарк этди  0 08:40Про-лига дебютанти ўз етакчиси билан шартномани узайтирди  0 08:15"Бунёдкор"дан кетган дарвозабон фаолиятини Осиёда давом эттиради   2 07:45Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   47 07:15МАҚОЛА. Катанецнинг терма жамоадаги фаолияти қандай кечди?   51 03:10ЕЧЛ. "Бавария"да йирик мағлубият, "Арсенал" ва "Милан"да ғалаба ва бошқа натижалар  12 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" кутилмаганда икки тўп фарқини бой берди ва ПСЖга мағлуб бўлди  83 03:00ЕЧЛ. "Реал Мадрид" "Зальцбург"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  62 00:37Нима? Саудияликлар Винисиус учун "Реал"га 350 млн евро таклиф қилишмоқчи!  23 23:39"Барселона" икки нафар асосий ўйинчиси билан 2030 йилга қадар шартнома имзолайди  3

Licenziyalash jarayoni hal qiluvchi pallada: bu yil licenziya oluvchi klublar soni ko'proq bo'ladi Yangiliklar

Licenziyalash jarayoni hal qiluvchi pallada: bu yil licenziya oluvchi klublar soni ko'proq bo'ladi

Teglar :  Licenziyalash
O'zPFL yil avvalida “Klublarni licenziyalash reglamenti” ishlab chiqdi va uning ijrosini mavsum davomida nazorat qilib bordi.

Bunda 5 asosiy tamoyil: sport, infratuzilma, ishchi-xodimlar, huquqiy, moliyaviy mezon bo'yicha zarur hujjatlar to'plami asosiy omil hisoblanadi.

Masalaga yondoshuv o'z samarasini berdi va birinchi bor har bir klub maxsus platformaga hujjatlarni to'liq joyladi. Ilgari xalqaro maydon uchun imkoni bor klublargina licenziyalashga jiddiy etibor bergan, qolgan klublar talabni deyarli bajarmagan.

SHuningdek, tarixda ilk bor Pro liga klublari ham licenziya olish uchun potencial nomzodga aylandi. Klub davlat yoki davlat ulushi bor korxona tomonidan moliyalashtirilyaptimi, demak u licenziyalash shartlarida o'tish uchun intilishi shart ekani belgilandi. Bu esa tabiiyki, licenziyaga davogarlar sonining ko'proq bo'lishini taminlaydi.

SHu kungacha professional klublarimiz duch kelgan eng katta muammo auditorlik hisobotlari bilan bog'liq bo'lgan. Aniqrog'i, klublar o'zlari bilgan tekshiruvchilar bilan hamkorlik qilishga intilgan, oqibatda OFK tomonidan belgilangan professional talab bajarilmagan. 2021 yilda esa O'zPFL bu masalani tartibga keltirishga erishdi. Biz auditorlik xulosalari xalqaro standartlari asosida OFK platformasiga joylashtirilishni uddaladik. 

Bu qanday amalga oshdi? O'zPFL bu yo'nalishda OFK bilan bir necha bor muzokara olib bordi va yakunda barcha klublar uchun auditorlik hisoboti bo'yicha yagona namuna ishlab chiqildi. SHu tariqa Superliga va Pro liga klublari talab asosida tajribaga ega bo'lgan auditorlik firmasi tomonidan xalqaro audit standartlari bo'yicha auditorlik tekshiruvidan o'tkazildi. SHu tariqa OFK platformasiga moliyaviy hujjatlar to'plami bir xilda — talab etilgan ko'rinishda yuklandi. Aynan shu jihat OFK licenziyasi uchun davogarlar sonini keskin oshirdi.

Malumot uchun, 2016 yildan boshlab OFK licenziyalash talablarini qatiylashtirib, uni yangi bosqichga olib chiqa boshladi. SHu tariqa 2018 yil OFK licenziyasiga sankciyasiz ega chiqqan klublar soni 4 tani tashkil qildi, 2019 yilda esa bu ko'rsatkich 6 taga etdi. 2020 yilda biz mazkur raqamni 7 taga olib chiqqandik. Tez orada 2021 yilgi harakatlarimiz natijasi elon qilinadi. Ishonamizki, bu raqam endi 10 tadan kam bo'lmaydi va ular orasida Pro liga klublari ham bo'ladi.   

 

Zoxirjon Akramxonov,

O'zPFL klublarni licenziyalash va xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика