"Li Man" bosh murabbiyi CHan Xiu Ming: "Tashkil topganimizga 4 yil bo'ldi, biz Osiyoga o'zimizni tanita oldik"
20 okt 2021 22:00
Yangiliklar
"Li Man" bosh murabbiyi CHan Xiu Ming: "Tashkil topganimizga 4 yil bo'ldi, biz Osiyoga o'zimizni tanita oldik"
"Uchrashuv ancha qiziqarli o'tdi. "Nasaf"ni haqli g'alaba bilan tabriklayman. Raqibimiz bugun o'zining yaxshi tomonlarini namoyish etdi. Agar bugun tezkor gol o'tkazib yubormaganimizda balki finalga chiqarmidik. Bunga ko'pchilik ishonmasligi mumkin, ammo tanaffusdan keyin ko'pchilik hisob yirik bo'ladi deb o'ylagandi.
Agar to'qnashuv uy-safar tizimida o'tganida vaziyat boshqacha bo'lardi. Aslida hal qiluvchi bosqichlarni uy-safar tarzda o'tkazish tarafdoriman, shunga qaramay "Nasaf"ni g'alaba bilan muborakbod etaman.
Rejamiz aniq edi: Himoyada ishonchli o'ynash va qarshi hujumda imkoniyatimizni kutish. Biroq tezkor o'tkazgan golimiz rejamizga tasir qildi.
"Li Man" klubi tashkil topganiga 4 yil bo'ldi. Mana shu qisqa davrda Osiyoga o'zimizni tanita oldik, - dedi CHan Xiu Ming.

"Bugun juda yaxshi jamoaga qarshi to'p tepdik. Yarim finalda oson raqib bo'lmasligini bilardik. Maydonda qo'limizdan kelganicha o'ynadik. Bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman. Oilamga ham rahmat", - Jivanilton Ferreyra.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar