"Leypcig" Nkunku bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlamoqchi
01 apr 2022 11:00
Yangiliklar
"Leypcig" Nkunku bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlamoqchi
"Leypcig" yarim himoyachi Kristofer Nkunku bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlamoqchi.
"Manchester Yunayted", "Liverpul", PSJ, "Real", "Manchester Siti", "Arsenal" va "Bavariya" agar 75 mln evro to'lanmasa, klubdan keta olmaydigan Nkunkuni kuzatishmoqda.
Nemis klubi futbolchini qolishga ko'ndirmoqchi. 24 yoshli o'yinchining amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.
Nkunku joriy mavsum barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 26ta gol va 16ta assist qayd etdi.
Fikrlar