So’nggi yangiliklar

22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  0 21:59Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф": Бензема ва Канте асосий таркибда!  2 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  3 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  4 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  5

Levchenko: "Natija, turnir jadvalidagi holat bizga bosim o'tkazmaydi" Yangiliklar

Levchenko: "Natija, turnir jadvalidagi holat bizga bosim o'tkazmaydi"

"Paxtakor" - "Neftchi" uchrashuvidan (0:1) so'ng mehmon jamoa ustozi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Vitali Levchenko: "O'yin qiyin bo'lishini kutgandik. CHunki bu "Paxtakor" va unda eng yaxshi futbolchilar yig'ilgan. "SHerlar"ning "Dinamo"ga qarshi Kubokdagi o'yinini tahlil qilib, bugungi bahsga tayyorgarlik ko'rdik. Tayyorlaganlarimizni maydonda ko'rsata oldik, yigitlardan minnatdorman".

- "Neftchi" bu mavsum ikkinchi marta "Paxtakor"ni mag'lubiyatga uchratmoqda, buning siri nimada?

- Biz har bir raqibga deyarli bir xil tayyorgarlik ko'ramiz. SHunchaki raqib o'yinlarini ko'p tahlil qilamiz va to'g'ri xulosa chiqarishga harakat qilamiz. "Paxtakor" istisno emas, ularga bo'sh hudud bermaslikka urindik. "SHerlar" ikkinchi bo'limda "Dinamo"ga qarshi bahsdagi kabi vertikal o'ynay boshlashdi. Biz bunga tayyor edik, yigitlar oldilariga qo'yilgan vazifani uddalashdi.

- Birinchi bo'limda "Neftchi" ko'proq hujum qildi, ammo ikkinchi bo'limda va goldan oldin "Paxtakor" hujumda faol edi. Bu sizning ko'rsatmangizmidi?

- Yo'q, "Paxtakor" agressivroq o'ynay boshladi, chunki hisob ularni qoniqtirmasdi. Biz himoyalanib, qarshi hujumga tayandik.

- "Paxtakor" ustidan qozonilgan g'alaba "Neftchi"ni chempionlik poygasiga qaytaradimi?

- Biz avvalgi bahslarda ham har bir ochko uchun kurashgandik, bu o'yinda ham shunday bo'ldi. Uchrashuvlar hali ko'p. Jadvalning pastki qismidagilar har bir ochko uchun jon-jahti bilan kurashadi. Buning ustida "Navbahor" va "Nasaf"ga qarshi o'yinlar bor. Biz poygada edik, bazida omadimiz keldi, bazida yo'q.

- "Neftchi"ning maqsadi chempionlikmi yoki kuchli uchlikda bo'lishmi?

- Keling balandparvoz gaplarni aytmayman. Maqsadimiz - har bir o'yinda g'alaba qozonishga urinish. Mavsumni oxirida ko'ramiz, qaerda bo'lar ekanmiz.

- "Neftchi" davralar oralig'ida bazi kuchli futbolchilaridan ayrildi, tanaffusdan so'ng ushbu o'yinchilarsiz o'ynash qanchalik qiyin bo'ldi?

- Biz futbolchilarning mahoratiga emas, jamoaviy o'yinga tayanamiz. "Neftchi"ni liderlar tark etgan bo'lsada bu natijalarga tasir qilmadi.

- "Neftchi" joriy mavsum Superligada mag'lub bo'lmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. Bu "Neftchi"ga bosim beradimi yoki ahamiyatsiz statistikami?

- Natija, turnir jadvalidagi holat bizga bosim o'tkazmaydi. Hammasini yaxshi tushunib turibmiz. Tarkibimizda bunday holatlarni boshidan o'tkazgan tajribali o'yinchilar bor. SHuning evaziga har bir o'yinda faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. Bosim yo'q.


Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика