"Levante" himoyachisi: "Neymar o'z o'yini bilan, raqibni jahlini chiqarmaydi"
14 fev 2015 11:42
Yangiliklar


"Levante" himoyachisi: "Neymar o'z o'yini bilan, raqibni jahlini chiqarmaydi"
"Levante" himoyachisi David Navarro "Barselona" hujumchisi Neymarni himoya qildi.
Bazi futbolchilarning hisoblashicha, braziliyalik o'z o'yini bilan raqib jahlini chiqaradi. "Atletiko" futbolchisi Kani "Barselona"ga qarshi Ispaniya Kubogi chorak final javob uchrashuvidan so'ng, Neymar raqib oyog'i orasidan to'p o'tkazaversa, unda muammolar paydo bo'lishi mumkinligini takidlagan.
"Neymar raqibni jahlini chiqarmaydi. Bu uning o'yin uslubi. Uning harakatlarida raqibni behurmat qilishga oid hech narsa ko'rmayapman" - deydi Navarro.

Fikrlar