

Polsha - Portugaliya uchrashuvi Levandovski uchun terma jamoa libosida o'tkazgan 100 o'yini bo'ladi.
30 yoshli hujumchi 2009 yil 10 sentyabr kuni San-Marinoga qarshi o'rtoqlik o'yini(2:0)da debyut qiladi va dastlabki golini urishga erishadi.
Eslatib o'tamiz, shu paytgacha Robert Polsha MTJ safida 55 marotaba gol urgan. Bu ushbu terma jamoa futbolchilari orasida eng yaxshi natija hisoblanadi.



