Levandovski yana bir nufuzli mukofotni qo'lga kiritdi
29 dek 2020 21:10
Yangiliklar


Levandovski yana bir nufuzli mukofotni qo'lga kiritdi
Xalqaro sport matbuot associaciyasi (AIBS) “Bavariya” forvardi Robert Levandovskini 2020 yildagi eng yaxshi sportchi deb elon qildi.
So'rovnomada 116 mamlakatning 442 nafar jurnalisti qatnashdi. Levandovski 16,3 foiz ovoz to'plab, Formula-1 poygachisi Lyuis Xemilton (14,3%), tennischi Rafael Nadal (9,9%) va “Los-Anjeles Leykers” basketbolchisi Lebron Jeyms (9,5%)ni ortda qoldirdi.
Polshalik hujumchi joriy yil myunxenliklar bilan Germaniya chempionati, Kubogi va Superkubogida zafar quchib, ECHL va Evropa Superkubogi titullarini qo'lga kiritdi. Avvalroq, u FIFA va UEFA tomonidan “yil futbolchisi” nomiga ham sazovor bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar