Levandovski va Koman nega mushtlashishdi?
12 apr 2019 18:27
Yangiliklar


Levandovski va Koman nega mushtlashishdi?
Kecha, 11 aprel kuni "Bavariya" futbolchilari Kingsli Koman va Robert Levandovski Myunxen jamoasi mashg'ulotida mushtlashishdi.
Haqoratlar bilan boshlangan janjal mushtlashuvga aylanib ketdi. Niklas Zyule va Jerom Boateng futbolchilarni ajratib qo'yishdi.
Malumotlarga ko'ra, Levandovski franciyalikning o'yinidan norozi. Xususan Koman juda ko'p dribling ishlatib, juda kam aniq pas bermoqda.
Vinger ham Levandovskining harakatlaridan mamnun emas, uning fikricha, polshalik faqat gol urishni o'ylaydi va jamoaga o'ynamaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar