Levandovski va Klopp o'rtasidagi o'zgacha bahs haqida eshitganmisiz?!
13 jan 2021 13:07
Yangiliklar


Levandovski va Klopp o'rtasidagi o'zgacha bahs haqida eshitganmisiz?!
Ular o'z vaqtida "Borussiya D"da birga ishlashgan.
2010 yilda aynan Klopp Levani Dordmundga olib kelgan va uni gol urishga ilhomlantirish uchun o'zgacha bahs o'ylab topgan.
"Klubga kelganimda nemis tilida deyarli gapirolmasdim. Men faqat "danke" - "rahmat"ni bilardim. Ob-havo yomg'irli va bulutli edi. Mashg'ulotlar intensivligi juda va juda yuqori edi.
Men o'zimni ko'rsatishni juda ham xohlardim, Yurgen esa meni ruhlantirishni. SHu sabab dastlabki oylarda o'zaro kichik bahs boyladik. Agar mashg'ulotda men 10ta gol ursam, u menga 50 evro. Agar urolmasam, men unga 50 evro.
Birinchi haftalarda deyarli har kuni men unga pul berdim. U kulardi. Lekin, bir necha oy o'tganidan keyin vaziyat o'zgardi. Endi pullar meni cho'ntagimga tusha boshladi.
SHu sabab bir gal u menga shunday dedi: "Stop! Etarli, endi sen tayyorsan!", - deya Levandovskining so'zlarini keltirdi "The Independent".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar