Levandovski Peleni ortda qoldirib, terma jamoalar tarixidagi eng yaxshi to'purarlar o'nligiga kirdi (+ro'yxat)
05 dek 2022 10:00
Yangiliklar


Levandovski Peleni ortda qoldirib, terma jamoalar tarixidagi eng yaxshi to'purarlar o'nligiga kirdi (+ro'yxat)
JCH-2022 1/8 finalida Polsha TJ 1:3 hisobida Franciyaga yutqazib, musobaqa bilan xayrlashdi.
90+7-daqiqada Robert Levandovski penaltini aniq amalga oshirdi va terma jamoadagi gollari sonini 78 taga etkazib oldi. U milliy jamoalar tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida Peleni (77 ta gol) ortda qoldirib, kuchli o'nlikka kirishga erishdi.
Top-10 quyidagi ko'rinishda:
1. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) – 118 gol;
2. Ali Dayi (Eron) – 109;
3. Lionel Messi (Argentina) – 94;
4. Moxtar Daxari (Malayziya) – 89;
5-6. Ferenc Pushkash (Vengriya), Sunil CHetri (Hindiston) – 84 tadan;
7. Ali Mabxut (BAA) – 80;
8. Godfri CHitalu (Zambiya) – 79;
9-10. Robert Levandovski (Polsha), Husayn Said (Iroq) – 78 tadan.
O’xshash yangiliklar
18:36
Eron chempionati. "Fulad" yirik hisobda imkoniyatni boy berdi, O'tkir Yusupov 90 daqiqa o'ynadi 9

Fikrlar