Levandovski "Oltin butsa"ni yutdi
24 may 2021 13:00
Yangiliklar
Levandovski "Oltin butsa"ni yutdi
Robert Levandovski Evropa futbol ligalarida eng ko'p gol urgan o'yinchiga beriladigan "Oltin butsa"ga ega chiqdi.
Sovrin "chempionat koefficientini gollarga ko'paytirish" formulasi orqali to'plangan yakuniy ballar bilan aniqlanadi.
Robert Levandovski "Bavariya" libosida 41ta gol urdi va 82 ochko jamg'ardi. Polshalik hujumchi Lionel Messi (30 goli uchun 60 ball) va Krishtianu Ronaldu (29 gol uchun 58 ball)dan o'tib ketdi.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" Levandovski bilan ketma-ket 9 bor Germaniya chempioniga aylandi.
Fikrlar