Levandovski: "Mbappening "Real"ga kelishidan qo'rqmaymiz"
23 may 2024 23:20
Yangiliklar
Levandovski: "Mbappening "Real"ga kelishidan qo'rqmaymiz"
Polshalik hujumchi azaliy raqiblarining kuchayishidan cho'chimasligini aytdi.
"Mbappening Ispaniya poytaxtiga kelishi rasman malum qilinmadi, lekin hamma yo'llar "Real Madrid"ga olib boradi. Qo'rquvmi? Yo'q, albatta, Mbappe aql bovar qilmaydigan futbolchi va u "Real"ga o'tsa, jamoani yanada kuchaytirishi aniq. Lekin bizning mentalitetimiz shunday bo'lishi kerakki, raqibda qanchalik yaxshi o'yinchilar bo'lmasin, agar biz bir jamoa bo'lib, birgalikda harakat qilsak, raqibni mag'lub eta olamiz. Biz ilk o'yindan va dastlabki daqiqalardan bunga tayyor bo'lishimiz kerak, chunki "Real Madrid"ga yaxshilanish uchun, albatta, vaqt kerak bo'ladi, ular mavsum boshida yaxshi o'ynamaydi va ochko yo'qotadi, biz bundan unumli foydalanishimiz kerak", — dedi Levandovski.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar