Levandovski: "Mbappening "Real"ga kelishidan qo'rqmaymiz"

Оқил Абдубарноев
23 may 2024, 23:20
"Barselona" forvardi Robert Levandovski PSJ futbolchisi Kilian Mbappening "Real Madrid"ga kelishi to'g'risida fikr bildirdi.

Polshalik hujumchi azaliy raqiblarining kuchayishidan cho'chimasligini aytdi. 

"Mbappening Ispaniya poytaxtiga kelishi rasman ma'lum qilinmadi, lekin hamma yo'llar "Real Madrid"ga olib boradi. Qo'rquvmi? Yo'q, albatta, Mbappe aql bovar qilmaydigan futbolchi va u "Real"ga o'tsa, jamoani yanada kuchaytirishi aniq. Lekin bizning mentalitetimiz shunday bo'lishi kerakki, raqibda qanchalik yaxshi o'yinchilar bo'lmasin, agar biz bir jamoa bo'lib, birgalikda harakat qilsak, raqibni mag'lub eta olamiz. Biz ilk o'yindan va dastlabki daqiqalardan bunga tayyor bo'lishimiz kerak, chunki "Real Madrid"ga yaxshilanish uchun, albatta, vaqt kerak bo'ladi, ular mavsum boshida yaxshi o'ynamaydi va ochko yo'qotadi, biz bundan unumli foydalanishimiz kerak", - dedi Levandovski.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca