Levandovski ketma-ket uchinchi kun mashg'ulotlarga kech qoldi
15 iyu 2022 19:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/708655_original.jpg)
![](/upload/storage/708655_220.jpg)
Levandovski ketma-ket uchinchi kun mashg'ulotlarga kech qoldi
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski yana bir bor mashg'ulotlarga kech etib bordi.
Juma kungi mashg'ulotlarda u 9:08ga etib borgan. Ichki tartib-qoidalarga ko'ra, futbolchilar kamida soat 9:00da bo'lishi shart.
Futbolchi kechikishining sababi sifatida klub bazasi atrofiga yig'ilgan muxlislar uni ichkariga kirishida halaqit qilganini aytgan.
Sakkiz daqiqalik kechikish Levandovski uchun eng yomon natija bo'ldi. Bunga qadar u avvaliga 2, keyin esa 6 daqiqa kech borgandi.
Yakunlangan mavsumda Robert Bundesliganing 34 o'yinida 35 gol urdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar