Levandovski Gerd Myullerning natijasini takrorladi
20 mar 2022 08:00
Yangiliklar


Levandovski Gerd Myullerning natijasini takrorladi
Germaniya chempionati 27-turida “Bavariya” o'z maydonida “Union Berlin”ni yirik (4:0) hisobda taslim etdi.
Mezbonlar forvardi Robert Levandovski uchrashuvda dublga erishib, joriy musobaqadagi gollari sonini 31 taga etkazib oldi. Polshalik Bundesligada besh mavsum davomida 30+ to'p kiritib, Gerd Myullerning natijasini takrorladi.
SHuningdek, bir mavsum davomida 30 va undan ortiq gol urish yana besh futbolchiga nasib etgan hamda ular buni faqatgina bir marta qayd etishgan: Per-Emerik Obameyang, Diter Myuller, Yupp Xaynkes, Lotar Emmerix va Uve Zeeler.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar